13 aprel tongida rossiyalik harbiylar Sumi şahri markazi böylab ikkita raketa zarbasi berdi.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining sönggi ma’lumotlariga köra, öqqa tutiş oqibatida 34 kişi halok bölgan, şundan ikki nafari bolalar. Yana kamida 117 kişi jarohatlangan. Yaralanganlar orasida — 17 nafar bola ham bor.

Oleh Voronenko / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Hujum oqibatlari örganilmoqda. Sumi oblasti harbiy ma’muriyati hujumdan keyin şahar markazida olingan foto va videolarni tarqatmoqda. Kadrlarda şaharda kamida bitta noturar joy binosi şikastlangani, bir neça maşina yonib ketgani köringan.

Bundan taşqari, mahalliy telegram-kanallarda joylaştirilgan videoda şahar köçalaridan birida kuçli yonğin bölayotgani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi roliklarda zarba oqibatida bitta trolleybus ham şikastlanganini köriş mumkin.

BBC Ukraina xizmatiga köra, Sumi davlat universitetining Kongress-markazi zarba ostida qolgan, bu yerda köpinça bolalar uçun maşğulotlar ötkazilgan.

«Odamlar köçaning qoq örtasida, avtomobillarda, jamoat transportida ketayotganida, uyida ötirganida jarohat olgan. Politsiya zarba zonasiga kirişni çeklab qöydi», – dedi Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko. Öqqa tutilgan joyda qutqaruv işlari va hujum oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

Foto: AP / Scanpix / LETA

«Rossiya ballistikasining Sumiga dahşatli zarbasi. Duşman raketalari oddiy şahar köçasiga, oddiy hayotga: uylarga, öquv yurtlariga, köçadagi maşinalarga zarba berdi... Va bu odamlar çerkovga boradigan kunda, –  deya izohladi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. – Dastlabki ma’lumotlarga köra, gap tinç aholi vakillari orasidagi önlab qurbonlar va yaradorlar haqida ketmoqda. Faqat ablahlargina şunday qilişi mumkin. Oddiy odamlarning hayotini olib».