«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz öyinida ham ğalaba qozondi. Kun öyinlari
|17:08 / 13.04.202522 80714 min
Husanov yana zaxirada qoldi, «Arsenal» yana oçko yöqotdi, muxlislarini gollar şousiga örgatib qöygan kataloniyaliklarga autsayderga qarşi öyinda avtogol yordam berdi. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Gvardiola Gvardiol avvaliga markaziy himoyaçi bölganini eslab qolgaç, u va Diaşdan iborat juftlikni tuşirmoqda, xorvatiyalik himoyaçining örniga çap qanotda ÖRayli harakatlanmoqda, Abduqodir Husanov esa zaxirada qolmoqda.
«Kristal Pelas» 21-daqiqagaça ikki gol urişi «Mançester Siti» muxlislarini şok holatiga tuşirdi. Eze (hisob 0:2 holatida uning yana bir goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi) va Riçardsning muvaffaqiyatli hujumlari oraliğida mezbonlar penalti talab qilişdi: Gvardiola burçak zarbasidan keyin Marmuşga qöpollik işlatilgan deb hisoblab, norozilik bildirdi. Ammo de Bryuyne kambek uçun penaltiga hojat qoldirmadi. «Etihad» bilan xayrlaşayotgan belgiyalik futbolçi jarima zarbasini ayyorona tarzda ijro etib, Hendersonni doğda qoldirdi.
Kevinning bu ijrosi öyinni 180 darajaga özgartirib yubordi. «Kristal Pelas» oçiqçasiga soçilib ketdi, avvaliga Makeyti mehmonlarni keçirgandi, ammo Marmuş öziga kelib qolgan töpni kuç bilan darvoza töriga yönaltirdi. Bu hujumda ham de Bryuyne muhim rolni öynadi: u töpni Gundöğanga taşlab bergaç, uning muvaffaqiyatsiz zarbasi golli uzatmaga aylanib ketdi. Londonliklar tanaffusgaça çidab berişdi, ammo ikkinçi bölim boşida ÖRayli öz qanotidan jarima maydoniga yorib kirib, töpni markazga oşirdi, undan töpni qabul qilib olgan de Bryuyne esa yanada qulayroq vaziyatda turgan Kovaçiçga golli uzatma berdi.
Şanba kungi şouni Ederson davom ettirib, Makeytini raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga çiqarib yubordi va APL tarixidagi eng sermahsul posbon (7 golli uzatma)ga aylandi. Ammo bu öyin ham «şaharliklar» uçun muammosiz keçmadi va braziliyalik posbon yöq joyda jarohat olib, maydonni tark etdi.
Keyingi turda «Mançester Siti» «Hudison Park» sehriga qarşi turişi kerak böladi, joriy mavsumda bu yerda «katta oltilik»ning biror jamoasi ğalaba qozona olmagan. Devid Moyyes qaytganidan keyin «Everton» amalda deyarli barça jamoalar uçun öta yoqimsiz raqibga aylangan. Bu turda «irislar» «Nottinghem»ni uning maydonida mağlubiyatga uçratgan holda, amalda imkonsiz işni uddalaşdi. «Örmonçilar» jamoasi uyda ketma-ket ön uçraşuv davom etgan mağlubiyatsiz seriyasini töxtatdi, qöşimça daqiqalarda Murilloning ahmoqona tarzda töp yöqotişi öyin taqdirini hal qildi. Töpni braziliyalik himoyaçidan olib ketgan Maknil Dukureni yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi va turnir jadvalining yuqori qismida intrigani kuçaytirdi.
Uçinçi örinni özida saqlab qolgan «Nottinghem» endi «Siti»dan atigi ikki oçkoga oldinda bormoqda. «Çelsi» ham yakşanba kungi öyinda ğalaba qozonib, yaqinlaşib olişi mumkin. Hozirça esa Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi beşinçi öringa «Aston Villa» kötarilib olgan. Birminghemliklar APLni tark etayotgan «Sauthempton» maydonida bir soatgaça darvozaga yöl topolmadi. Asensio esa şu kuni ikki bor penaltidan foydalana olmadi. Qöşimça daqiqalardagi ikkinçi holatda esa Ramsdeyl qaytargan töpga baribir Makginn birinçi bölib yetib keldi. Ispaniyalik yarimhimoyaçining hisob 0:0 holatidagi birinçi xatosi esa barçasini barbod qilişi ham mumkin edi. Uotkins zaxiradan maydonga tuşişi öyinda buriliş yasadi, u Tilemansning uzun pasidan keyin töpga bir teginişda uni darvozabon ustidan oşirib törga yölladi.
Öyin kuni «Arsenal» va «Brentford» örtasidagi durang bilan yakunlandi. «Kanonirlar» bir neça kundan keyin YeÇL çorakfinalida «Real»ga qarşi keçadigan javob uçraşuvini birinçi öyinga qöymoqda. Aralaş tarkib tuşirilgan (Edegor, Saka, Skelli, Merino zaxirada qoldirildi) öyinning birinçi bölimida mezbonlar son jihatdan ustunlikka erişişi mumkin edi, Martinelli qulay vaziyatga çiqib ketişi mumkin bölgan hujumda Norgard uni öta qöpollik bilan töxtatdi, ammo hakam sariq kartoçka bilan kifoyalandi.
Birinçi bölimda Mikel Arteta jamoasi önta burçak zarbasidan naf çiqara olmadi. Ikkinçi bölimda londonliklar raqib tomonidan amalga oşirilgan burçak zarbasidan keyin muvaffaqiyatli qarşi hujum amalga oşirildi. Havodagi töpni ilib olgan darvozabon Rayya uni tezlik bilan Raysga yetkazib berdi, madridliklarga qarşi birinçi öyin qahramoni esa uni raqib jarima maydoniga qadar olib bordi va öng qanotda oçilgan va heç kim qöriqlamagan Partiga assistentlik qildi. Ingliz yarimhimoyaçisi bu mavsumda barça turnirlar doirasida 16-golli harakatini amalga oşirib, şaxsiy rekordini takrorladi. Ammo Vissa qizil-oqlarni ğalabadan mahrum etdi, mehmonlarning bu safargi burçak zarbasi jamoaning öziga muvaffaqiyat keltirdi, hujumni ikkinçi tempda davom ettirgan Mbemo töpni jarima maydoniga oşirib berdi va Vissa himoyadagi palapartişlikdan foydalanib, «asalarilar» jamoasidagi 50-golli harakatini amalga oşirdi (41 gol va 9 pas). «Arsenal» bu mavsumda hisobda oldinda borgan öyinlarida yöqotgan oçkolari soni 16 taga yetdi. Bu esa oldingi ikki mavsumdagidan atigi bittaga kam. Bu esa londonliklar çempionlik uçun kuraşni «Liverpul»ga nega bu qadar erta boy berganini izohlaydi.
«Barselona» bor hissiyotlarini Çempionlar ligasi öyinida qoldirgandek tasavvur hosil böldi. «Leganes» maydonida kök-anorranglar tanaffusga qadar biror marta golli vaziyat yarata olmadi va raqib darvozasiga töğri borgan birorta zarba yöllanmadi. Tanaffusdan keyin esa Martin töpni olib qöyişi bilan boşlangan hujumni Rafinya davom ettirdi va töpni Levandovski tomon uzatdi, Saens esa uni tösişga urinib, öz darvozasini işğol etib qöydi. Lekin Fermin Lopesga bunday omad yetişmadi, u bir neça himoyaçini ortda qoldirib, bir neça metrdan zarba berdi, ammo töp xato ketdi. Natijada ğalabali hisobni katta qiyinçilik bilan saqlab qolişga töğri keldi, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Inigo Martines yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan Munirni töxtatib qolib, qahramonlik körsatdi. Endi çempionlik poygasida bunday ğalabalar yirik hisoblardan ham muhimroq. Kamida «Real»ning yakşanba kungi öyiniga qadar Hansi Flik jamoasi madridliklardan yetti oçkoga oldinda böladi.
«Inter» bu öyinni ham kuçli boşladi, boşlanğiç tarkibda maydonga tuşgan Arnautoviç nafaqat hisobni oçdi, balki milanliklarning ustunligini oşirgan Lautaro Martinesga golli pas ham berdi. Ikkinçi bölim boşida Pikkoli hisobdagi farqni qisqartirganida köpçilik neradzurrilar bir hafta oldin «Parma» maydonida birinçi bölimdagi ikki gol ustunligi boy berilganini (2:2) yodga oldi. Ammo bu safargi öyinda çempionat peşqadamlari tezda hisobni yana mustahkamladi. Burçak zarbasidan keyin Bissek tom ma’noda töpni boşi bilan darvoza töriga olib kirdi va Simone Indzagining A seriya doirasida Milanda keçgan öyinlardagi 54-ğalabasini ta’minladi. Uşbu mutaxassis «Inter» boşqaruviga kelganidan buyon Italiyada heç bir klub öz stadionida bunday natija qayd etmagan. Agar şu davr uçun top-5 ligalardagi körsatkiçlar olinsa, faqat «Mançester Siti» (56) va «Liverpul»da (55) yaxşiroq, «Real»niki esa bir xil.
Igor Tudor mavsum davomida jamoani qabul qilganda tez natija körsatadigan murabbiy sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Xorvatiyalik murabbiy qöl ostidagi «Yuventus» 3 turda 7 oçko jamğarib, 3-öringa kötarilib oldi. Qolaversa, «keksa siniora» çempionlik kvartetida qolişi aniq, çunki uning asosiy raqobatçilari - «Bolonya» va «Atalanta» yakşanba kuni özaro öynaydi. «Leççe»ga qarş öyinda esa Vlahoviçning harakatlarini alohida ta’kidlaş kerak. Serbiyalik futbolçi Italiyadagi faoliyati davomida (247 ta öyinda) ilk bor bir öyinda ikkita golli uzatmani amalga oşirdi.
Nemis klassikasi an’anaga köra turning qolgan barça öyinlarini soyada qoldirdi, «Bavariya» esa YeÇLdagi muvaffaqiyatsizlikdan söng «Borussiya» bilan ajoyib öyin körsatdi. Ayniqsa, Dortmund ssenariysi asosida boşlangan ikkinçi bölimda. Birinçi bölimda Kobelning seyvlari «asalarilar»ni öyinda qoldirgandi, u qulay vaziyatlarga ega bölgan Olise va Keynga gol urişga imkon bermadi. Ikkinçi bölim boşida esa sönggi haftalarni kötarinki ruhda ötkazayotgan Bayyer mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Ryuyersonning uzatmasi vaqtida Kim Min Je ortida oçilgan raqibni körmay qolgaç, töp Uriganing oyoqlari orasidan ötkazildi.
Vensan Kompani futbolçi almaştirişlar bilan öyinni özgartirdi, golda xato qilgan koreyalik himoyaçi örniga tuşgan Rafael Gerreyru sobiq jamoasini ranjitib, hisobni tenglaştirdi. Unga esa şu kuni 29-marta nemis klassikasida maydonga tuşib, Hummelsning rekordini takrorlagan Myuller assistentlik qildi. Yana bir joker — Gnabri ham ajoyib harakat qildi. Aynan u birinçi golli hujumda jarima maydoni içidagi Myullerni töp bilan ta’minlagandi, keyin esa özi mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Ammo şu kuni «Borussiya» mağlubiyatga loyiq öyin körsatmagandi va Girassining sa’y-harakatlari bilan mağlubiyatdan qutulib qoldi. Uning noqulay holatda yöllagan zarbasini Urbig qaytargandi, ammo töp Antonning oyoğiga borib tuşdi.
«Bayyer»ning «Union» bilan öyinda durang öynaşi esa «Bavariya» foydasiga xizmat qildi. Myunxenliklar oçko yöqotganiga qaramay, ikkinçi örin bilan oradagi farqi hamon olti oçkoligiça qolmoqda. «Mayns» esa mavsum oxiriga kelib pasaymoqda va kuçli törtlikdan çiqib ketdi. Ayni vaqtdagi holatga köra, juma kuni «Volfsburg» ustidan qozonilgan ğalaba (3:2) bilan turni oçib bergan «Leypsig» YeÇLga yöllanma oladigan törtinçi örinni egallab turibdi. Lekin turnir jadvalida jamoalar tiğiz joylaşgan — törtinçi va Menxengladbahning «Borussiya» jamoasi egallab turgan yettinçi örin orasidagi farq atigi tört oçko.