13 aprel kuni Tojikistonda kun davomida uç marta yer silkinişi qayd etildi.

Qöşni respublika Favqulodda vaziyatlar va mudofaa qömitasi ma’lumotiga köra, Raşt tumanida uç yoşli bolani devor bosib qolgan.

Birinçi silkiniş soat 9:24 da sodir bölgan. Uning kuçi Raşt tumanida 5–6 ballni taşkil etgan. Bu zilzila vaqtida Özbekistonning yetti viloyati hududida, jumladan Toşkent şahrida ham 2–3 ballik yer silkinişi sezilgandi.

Soat 12:14 da Tojikistonda 4,3 magnitudali ikkinçi zilzila röy berdi. Zilzila episentri Toşkentdan 291 km janubi-şarqda joylaşgan.

Soat 13:33 da 3 magnitudali yana bir yer silkinişi qayd etilgan.

Foto: «Sputnik»

Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qömitasining Inqirozlarni boşqariş markazining qayd etişiça, Raşt tumanidagi yer osti silkinişlari kuçi 5 ballni, poytaxt Duşanbeda esa 3 ballni taşkil etgan.

Ma’lumotlarga köra, zilzila oqibatida Raşt tumanida 17 ta turar joy binosi (Asia-Plus naşrining yozişiça 28 ta uy) va bitta maktab qisman vayron bölgan. Şuningdek, Tojikobodda 12 ta uy şikastlangan.

Tumanga Favqulodda vaziyatlar qömitasi raisining birinçi örinbosari Hotamşo Latifzoda yetib borgan. Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş komissiyasi zilziladan jabr körgan hududlarda iş olib bormoqda.

Foto: «Sputnik»