AQŞ prezidenti Donald Tramp 2025 yil davomida mamlakatda 1 million migrantni deportatsiya qiliş niyatida. Bu haqda The Washington Post amaldagi va sobiq tört nafar federal amaldorga tayanib xabar berdi.
Naşr suhbatdoşlarining hisoblaşiça, uşbu raqamlar Barak Obama prezidentligi davrida deportatsiya qilingan rekord körsatkiçdan 400 mingga oşib ketişi mumkin. Şu bilan birga, Trampning maqsadi moliyalaştiriş va kadrlar ta’minoti darajasi tufayli norealistik körinişga ega. Şuningdek, köplab migrantlarda mamlakatdan çiqarib yuborilişdan oldin sud eşituvlarida qatnaşiş huquqi mavjud.
WP manbalari sözlariga köra, bu boradagi strategiyani işlab çiqiş bilan Oq uy ma’muriyati rahbarining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Stivin Miller Içki xavfsizlik vazirligi va boşqa federal idoralar bilan birga şuğullanmoqda. Körib çiqilayotgan variantlardan biri — allaqaçon qaytarib yuborilişi kerak bölgan, ammo öz vatanlariga kirişiga ruxsat berilmagan 1,4 million migrantning bir qismini deportatsiya qilişdir.
Ikki amaldorning naşrga ma’lum qilişiça, Amerika ma’muriyati dunyoning 30 ta davlati bilan öz fuqarolari bölmagan migrantlarni uşbu mamlakatga deportatsiya qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Gap minglab migrantlar töğrisida ketmoqda.
Ta’kidlanişiça, Tramp prezidentlik lavozimiga kirişganidan beri ma’muriyat deporatsiya qilinganlar soniga oid statistikani e’lon qilmay qöygan. Şu bilan birga, Içki xavfsizlik vazirligining hisob-kitoblariga köra, yil boşida beri mamlakatdan 117 ming kişi çiqarib yuborilgan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati sud qaroriga qaramasdan mamlakatni tark etmagan migrantlarga nisbatan keng qamrovli jarima siyosatini amalga oşirmoqçi ekani töğrisida xabar berilgandi.









