«Amaliyot paytida Isroil armiyasi droni jarohatlovçi qurilma örnatmoqçi bölgan bir neça terrorçini aniqladi va ularni aniq zarba bilan yöq qildi», — deyiladi bayonotda. Tunnel yaqinida harbiylar qurol-aslaha omborini aniqlagan, u yerda taxminan 20 ta portlovçi qurilma va tankka qarşi raketalar saqlangani qayd etildi.

Bu orada Isroil armiyasi 1,5 yillik uruş davomida faqat HAMASga tegişli tunnellarning atigi törtdan bir qismini yöq qilgan, deb yozdi The Jerusalem Post naşri armiyadagi manbalariga tayanib.

Naşrga köra, harbiylar Ğazo sektoridagi janglar bir yil, balki undan ham köproq vaqt davom etişi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Isroil harbiy tahlilçisi Yossi Yyehoşua Ynet naşridagi maqolasida muammo faqatgina yöq qilinmagan tunnellarda emasligini ta’kidlagan. Uning eslatişiça, ötgan yili Isroil armiyasi «Rafah» brigadasini töliq yöq qilgani haqida rasman hisobot bergan edi. Ammo yaqinda Boş ştab boşliği şaxsan özi yaqinda harbiylarga uşbu brigada ustidan ğalaba qozoniş zarurligini ta’kidladi.

«Kim tuşunmagan bölsa: «Rafah» brigadasi kuldan qayta tirilgani yöq. U heç qaçon butunlay mağlub etilmagan», — deb yozadi Yyehoşua.

Uning ta’kidlaşiça, rasmiy bayonotlar va voqelik örtasidagi bunday nomutanosibliklar jamoatçilikning Isroil armiyasiga bölgan işonçini zaiflaştirmoqda.