Germaniyaning bölajak kansleri, Xristian-demokratik ittifoq (XDI) raisi Fridrix Mers özini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainani uzoq masofali TAURUS qanotli raketalari bilan ta’minlaş tarafdori, bu ta’minot Germaniyaning yevropalik hamkorlari bilan kelişilgan bölişi lozim. «Men har doim şunday qilişimni aytganman (Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berişga rozilik berilgan), faqat yevropalik hamkorlar bilan kelişilgan holda», — dedi u 13 aprel, yakşanba oqşomida ARD telekanalidagi Caren Miosga dasturining tegişli savoliga javob berib.

Şu bilan birga, Mers alohida davlatlar, jumladan, Yevropa mamlakatlari allaqaçon Kiyevni qanotli raketalar bilan ta’minlayotganiga e’tibor qaratdi: «Britaniyaliklar buni qilmoqda, fransuzlar qilmoqda, amerikaliklar har qanday holatda ham buni qilmoqda». Yetkazib berişlar kelişilgan bölişi kerak va agar bu amalga oşirilsa, «Germaniya ularda iştirok etişi kerak», deb ta’kidladi Germaniya hukumatining yangi rahbari.

Mersning fikriça, Ukraina armiyasi «mudofaadan çiqib ketişi kerak, çunki u faqat reaksiya bildiriş bilan ovora». Uç yil davomida Ukraina qurolli kuçlari «faqat reaksiya bildira oldi», «va ular uçun sodir bölayotgan voqealarning bir qismini aniqlaştiriş vaqti keldi», dedi konservativ siyosatçi. U Rossiya qurolli kuçlarining moddiy-texnik ta’minoti uçun muhim bölgan Qrim va Rossiyaning qolgan qismi örtasidagi eng muhim quruqlikdagi aloqalarning yöq qilinişini raketalarni qöllaşning ehtimoliy hududi deb atadi.