13 aprel, yakşanba kuni ertalab Ukrainaning Sumi şahriga qurolli kuçlar tomonidan berilgan raketa zarbasi, sönggi ma’lumotlarga köra, kamida 34 kişining hayotiga zomin bölgani Ukrainadagi uruşda tinçlik muzokaralari zarurligini «kuçli eslatdi». Bu haqda şu kuni, 13 aprel keçqurun AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining rasmiy vakili Brayan Xyuz bayonot berdi.

«Bugun Sumiga qilingan raketa hujumi prezident Donald Trampning bu dahşatli uruşga barham berişga bölgan urinişlari nima uçun hal qiluvçi pallaga töğri kelgani haqida aniq va kuçli eslatma böldi», — deya uning sözlarini keltiradi AFP.

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ham xuddi şunday fikrni aytgan edi. «Bu prezident Tramp va uning ma’muriyati nega uruşni tugatiş va mustahkam tinçlikka erişiş uçun köp vaqt va kuç sarflayotgani haqida fojiali eslatma», dedi u.

Öz navbatida, AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog özining X mikroblogida: «Rossiya qöşinlarining yakşanba kuni Sumidagi fuqarolik obektlariga hujumi barça odob-axloq çegaralarini kesib ötadi», deb yozdi.

«Sobiq harbiy sifatida men maqsadli zarbalar nima ekanligini tuşunaman va ular notöğri. Şuning uçun ham prezident Tramp bu uruşni tugatiş uçun qattiq harakat qilmoqda», — deya qöşimça qildi u.

Donald Trampning özi Rossiyaning Sumiga raketa zarbasini izohlar ekan, buni «dahşatli voqea» deb atadi.