AQŞ prezidenti Donald Trampning aytişiça, Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralar yaxşi ketayotgan bölişi mumkin, ammo «şunday payt keladiki, unda siz yo jim bölişingiz yoki harakat qilişingiz kerak». Tramp bu bayonotni 12 aprel, şanba kuni, Rossiyadan noroziligini bildirgan va uni kelişuvga erişiş uçun «işlaş»ga çaqirganidan bir kun ötib bergan.
«Öylaşimça, Ukraina va Rossiya örtasidagi vaziyat yaxşi ketayotgan bölsa kerak va buni tez orada bilib olasiz. Şunday nuqta keladiki, siz yo biror narsa qilasiz yoki indamay, nima bölişini kutasiz, lekin menimça, hammasi yaxşi ketmoqda», — dedi Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga.
11 aprel kuni Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazdi. Muzokaralar AQŞ va Rossiya örtasida ehtimoliy tinçlik bitimi uçun zarur bölgan Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça muloqot boşi berk köçaga kirib qolgan, jangovar harakatlarni töliq tugatiş şartlari böyiça kelişmovçiliklar yuzaga kelgan bir paytda ötmoqda.
Tramp sabri tugab borayotganiga işora qildi va agar Moskva kelişuvni sudrayotganini sezsa, Rossiya neftini sotib oluvçi davlatlarga nisbatan ikkilamçi sanksiyalar qöllaş imkoniyati haqida gapirdi.
Avvalroq Uitkoff Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan Vaşingtonda ötkazgan muzokaralaridan söng Trampga Ukrainada öt oçişni töxtatişga erişişning eng tezkor yöli 2022 yilda anneksiya qilingan Ukrainaning törtta hududi ustidan nazoratni Rossiyaga beriş ekanligini aytgan edi.









