Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik ayol turmuş örtoğini piçoqlab öldirdi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar tarqatdi.

Xabarlarda aytilişiça, 6 aprel kuni Istanbulning Kartal tumanida yaşovçi er-xotin örtasida janjal kelib çiqqan. Janjalga moliyaviy muammolar sabab bölgani, jarayon davomida Özbekiston fuqarosi, 28 yoşli S.T. oşxonadan piçoq olib, 42 yoşli E.E.ni yaralagani ma’lum qilingan.

Şundan söng S.T. taksoparkka qönğiroq qilib, turmuş örtoği kasalxonaga borişi kerakligini aytib, maşina söragan. Taksi haydovçisi huşsiz yotgan erkakni körib, tez yordam çaqirgan. Voqea joyiga yetib kelgan şifokorlar uning ölimini qayd etgan. Ayol politsiya xodimlari tomonidan qölga olingan.

Ma’lum bölişiça, 4 yil oldin turmuş qurgan juftlikning bir nafar farzandi bor.

Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi ayblanayotgan fuqaroning xolasi bilan suhbatlaşgani haqida xabar berdi. Unga köra, haqiqatan ham, mazkur voqea yuzasidan gumonlanuvçi huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan uşlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Turkiya fuqarosi spirtli içimlik iste’mol qilgan, u özbekistonlik ayoliga nisbatan muntazam ravişda jismoniy va ruhiy bosim ötkazib kelgan.

Konsulxona xabarida voqea sodir bölgan vaqtda xonada boşqa şaxslar ham bölgani aytiladi. «Dastlabki tergovga köra, marhum ayolni böğayotgan paytda orqa tomondan piçoq bilan jarohatlangan. Bu esa uni boşqa şaxs tomonidan piçoqlangan bölişi ehtimolini istisno etmaydi», – deya qöşimça qilinadi xabarda.

Ayblanuvçining xolasi, öz navbatida, hali uning jiyani sud tomonidan aybdor deb topilmagani, şuning uçun voqea haqida xabar tarqatayotganda buni hisobga olişni söradi. Şuningdek, voqeadan söng ayblanuvçining onasi falaj bölib qolganini qöşimça qildi. «Siz bilmagan köp narsa bor», – deydi u.

Özbekiston fuqarosiga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatilayotgani va unga advokat biriktirilgani qayd etildi. Holat Boş konsulxona tomonidan nazoratga olingan.