Buyuk Britaniya G7'ning Ukraina uçun favqulodda daromadlarni tezlaştiriş (Extraordinary Revenue Acceleration Loans for Ukraine, ERA) kreditlar dasturi doirasida 752 million funt sterling (875 million yevro ekvivalenti) miqdorida ikkinçi tölovni amalga oşirdi. Bu haqda 14 aprel, duşanba kuni Buyuk Britaniya hukumati saytida çop etilgan press-relizda aytilgan.

Qayd etilişiça, bu tölov 2,26 milliard funt sterling (2,63 milliard yevro miqdorida) miqdoridagi yirikroq kreditning bir qismi bölib, u Yevropa Ittifoqi hududida joylaşgan muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan olingan rejadan taşqari daromadlar hisobidan tölanadi. Tegişli kelişuvni 1 mart kuni Buyuk Britaniya moliya vaziri Reyçel Rivz va Ukraina moliya vaziri Sergey Marçenko imzoladi.

«Uşbu mablağ Ukrainaga muhim harbiy texnika, jumladan, zudlik bilan zarur bölgan havo hujumidan mudofaa uskunalarini sotib olişga yordam beradi. Bu Rossiyaning Sumi şahrini nişonga olgan holda Ukrainaga qarşi havo hujumini davom ettirişi bilan boğliq», — deyiladi Britaniya hukumatining 14 aprel kungi matbuot-relizida.

Londonda ta’kidlanganidek, ajratilgan mablağga sotib olingan asbob-uskunalarni qöllab-quvvatlaş va ularga texnik xizmat körsatiş uçun mablağlar asosan Buyuk Britaniyada sarflanadi va bu, öz navbatida, mamlakat iqtisodiyotining ösişi va malakali iş örinlari sonining köpayişiga xizmat qiladi.