Muloqot avvalida lord Xant Özbekistonda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş va uglerod neytralligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni yuksak baholadi.
Britaniya tomoni ekologik barqarorlikni ta’minlaş, iqtisodiy ösişning resurslar tejamkorligiga asoslangan "yaşil" rivojlaniş modeliga ötiş böyiça Yangi Özbekistonning strategik maqsadlari, şu jumladan, kam uglerodli rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli strategiya va "yaşil" moliyalaştiriş milliy dasturi işlab çiqilgani, investitsiya loyihalarida "yaşil" komponentlar kelgusi beş yilda 50 foizgaça köpaytirilişi böyiça rejalarni olqişladi.
Suhbat davomida energetika xavfsizligi va uglerod neytralligini ta’minlaş masalalari böyiça hamkorlikni kengaytiriş xususida ham fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida yuqoridagi masalalar böyiça amaliy aloqalarni davom ettiriş böyiça kelişuvga erişildi.








