Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanişiş maqsadida 15 aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.
«Hududdagi özgarişlar “havo darvozasi”danoq közga taşlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantiriş borasidagi işlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.
Taşrif çoğida davlat rahbariga şu haqda axborot berildi.
Bu aeroport 1978 yilda qurilgan bölib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi. Uçiş-qöniş yölagining yuk kötariş qobiliyati pastligi, zamonaviy yoritiş tizimining yöqligi sababli qatnovlarni qabul qiliş imkoniyatlari çeklangandi.
Bugungi kunda rekonstruksiya işlarining birinçi bosqiçi bitkazildi. Uzunligi 3 ming 300 metr, kengligi 60 metr bölgan yangi uçiş-qöniş yölagi, yuriş yölagi va samolyotlar töxtaş joyi qurildi. Drenaj tizimi yangilanib, yer osti suvi qoçirildi. Şuningdek, bu yerda ikkinçi yuriş yölagi qurilişi davom ettirilib, IKAO CAT-II toifasidagi radar, meteorologiya va yoritiş uskunalarini örnatiş işlari olib borilmoqda.
Natijada Boeing, Airbus rusumidagi yirik samolyotlarni ham, noqulay ob-havo şaroiti va tungi vaqtlarda ham qabul qiliş mumkin böladi. Bu kunlik parvozlar sonini 10 barobargaça oşiriş imkonini beradi.
Endi, ikkinçi bosqiçda yölovçi terminalini yangidan quriş közda tutilgan. Bu orqali yölovçilarga xizmat körsatiş quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi. Bu Andijon şahri va Farğona vodiysiga qatnovlar sonini köpaytirişga xizmat qiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Faoliyatini qayta boşlagan mazkur aeroportda hozirda Toşkent – Andijon – Toşkent yönalişi böyiça parvozlar amalga oşirilmoqda.
Davlat rahbari bu yerda samarali boşqaruvni yölga qöyiş, xizmatlarni arzon qilib, mahalliy va xalqaro parvozlarni köpaytiriş böyiça körsatmalar berdi.


Umuman, mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qiliş böyiça katta işlar amalga oşirilmoqda. Ötgan yillarda Samarqand, Termiz, Urganç, Şahrisabz, Möynoq, Qöqon va Zomin aeroportlari yangilandi. Yana bir qator viloyatlarda modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.










