Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida YPX xodimiga faol qarşilik körsatgan Cobalt haydovçisi qamoqqa olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPXning ikki xodimi va Cobalt haydovçisi örtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqalgandi. Videoda haydovçi xodimni muşt bilan urganini ham köriş mumkin.
Ğuzor tumani IIB YHXB inspektori Şahzod Nazarovning ma’lum qilişiça, belgilangan hududda xizmat olib borayotganida Cobalt avtomobili töxtaş va töxtab turiş taqiqlangan yöl belgisi örnatilgan joyda qoldirib ketilganiga guvoh bölgan. Köp ötmay haydovçining özi kelgan maşinaga orqa eşikdan kirib olgan, xodim undan hujjatlarini söraganida esa uning qonuniy talablariga böysunmasdan avtomobilini haydab ketişga uringan.
Cobalt haydovçisi YPX xodimlariga böysunmay, qoçişga uringani, uni avtomobildan tuşirib olişgani uçun jahli çiqib janjallaşib ketganini tan olgan va qilmişidan puşaymonligini aytib, keçirim söragan.
Avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Haydovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va protsessual tartibda uşlangan. Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









