Xitoy hukumati aviakompaniyalardan AQŞ bilan savdo uruşi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olişni töxtatişni talab qildi, deb xabar berdi Bloomberg. Bundan taşqari, amerikalik işlab çiqaruvçilardan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olişni ham töxtatiş buyurildi.
Avvalroq, AQŞ tomonidan Xitoy tovarlariga 145 foizlik boj joriy qilingan edi. Bunga javoban Xitoy tomonidan AQŞ tovarlariga 125 foizlik tariflar e’lon qilindi.
Naşr suhbatdoşlari ta’kidlaganidek, bojlarning özi Amerikada işlab çiqarilgan samolyotlar va ehtiyot qismlar narxini ikki baravarga oşiradi, şuning uçun «Xitoy aviakompaniyalari tomonidan Boeing samolyotlarini qabul qiliş mantiqqa töğri kelmaydi».
Hukumat Boeing samolyotlarini ijaraga olgan va xarajatlarning ortib borişiga duç kelgan aviakompaniyalarni qöllab-quvvatlaş yöllarini körib çiqmoqda.
Aviation Flighs Group ma’lumotlariga köra, Xitoy aviakompaniyalari, jumladan, China Southern Airlines, Air China va Xiamen Airlines parki önga yaqin Boeing 737 Max samolyotlari bilan töldirilişi kerak edi. Naşr manbalariga köra, Pekin ularning ayrimlarini hali ham qabul qilişi mumkin, çunki hujjatlar Xitoy bojlari kuçga kirgan 12 apreldan oldin tuzilgan.









