Yevropa Ittifoqiga nomzod davlatlarga 9 may kuni Moskvada bölib ötadigan harbiy paradga bormaslik kerakligi aytildi. Bu haqda 14 aprel, duşanba kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Lyuksemburgdagi uçraşuvi boşlanişidan oldin Latviya taşqi işlar vaziri Bayba Brajye ma’lum qildi.

«Keça biz qizğin oqşomni ötkazdik — Ğarbiy Bolqondagi hamkorlar bilan keçki ovqat... Qadriyatlar, umumiy taşqi va xavfsizlik siyosatini muvofiqlaştiriş, jumladan, sanksiyalar haqida köp muhokamalar böldi. Jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning nomzodlarga 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnaşmaslik, bunday safarga bormaslik töğrisida juda aniq körsatmasi berildi, çunki bu YeI qadriyatlariga töğri kelmaydi», dedi Brajye.

DW muxbiri xabar berişiça, buni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ham matbuot anjumanida tasdiqladi. «Biz nomzodlarga 9 may kuni Moskvada ötkaziladigan paradga bormasliklarini tuşuntirdik», — dedi Kallas.

Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy, öz navbatida, Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga özi va Kaya Kallas bilan kelişib, vazirlarni 9 may kuni Lvivdagi uçraşuvga taklif qilayotganini ma’lum qildi. "Menimça, Yevropa yaqinda, Ukrainada ekanini körsatiş uçun juda yaxşi ğoya. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida Moskvada böliş kerak emas. A’zo davlat yoki nomzod davlatning har qanday vakilining Moskvaga borişi bu davlat uçun yaxşi bölmaydi", dedi u.