Yevropa Ittifoqi Ğarbiy sohil va Ğazo sektorida yaşovçi falastinliklarga yordam beriş uçun 1,6 milliard yevro ajratadi. Bu haqda 14 aprel, duşanba kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

«Biz Falastin xalqini qöllab-quvvatlaşimizni kuçaytirmoqdamiz. 2027 yilgaça bölgan 1,6 milliard yevro Ğarbiy sohil va Ğazo mintaqasini barqarorlaştirişga yordam beradi. Yevropa Ittifoqi zarur infratuzilmaga sarmoya kiritadi, şu bilan birga qoçqinlarga gumanitar yordam va kömak körsatadi. Biz Falastin ma’muriyatining uzoq yillik hamkorimiz», — deb yozdi Kallas ijtimoiy tarmoqda.

Uning xabari Lyuksemburgda Falastin milliy ma’muriyati boş vaziri Muhammad Mustafo va Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari örtasidagi uçraşuv arafasida e’lon qilindi. Kallas yordam Ğazo sektoriga qanday yetkazilişiga aniqlik kiritmadi. Falastin milliy ma’muriyati faqat Iordan daryosining ğarbiy sohilini nazorat qiladi. Ğazo sektoridagi hokimiyat 2007 yilda Hamas guruhi tomonidan nazoratga olingan.

AFP eslatganidek, Yevropa Ittifoqi Falastin ma’muriyati uçun eng yirik xalqaro donor hisoblanadi. 1,36 milliard yevrolik oldingi uç yillik yordam rejasi 2021 yildan 2024 yilgaça davom etgan.