Qöşma Ştatlar Ukrainada öt oçişni töxtatişga erişilmagunça, Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yengillaştirmaydi va u bilan heç qanday ikki tomonlama kelişuvlarga kirmaydi. Bu haqda 15 aprel, seşanba kuni bölib ötgan brifingda AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus ma’lum qildi.

«Bu qirğin töxtamagunça, heç qanday muzokaralar, yeçimlar, kelişuvlar bölmaydi», dedi Bryus jurnalistlarga.

Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari, şuningdek, 35 kişining hayotiga zomin bölgan Rossiyaning Sumiga raketa zarbasi «kim haqiqatdan ham tinçlik va öt oçişni töxtatişni istaşi» haqidagi savollarni yanada kötarganini ta’kidladi. Bryus Ukrainadagi uruşni «heç narsa özgarmagan göşt maydalagiç» deb atadi.

15 aprel kuni The Wall Street Journal (WSJ) AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va AQŞ prezidentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog Donald Trampga Rossiya yetakçisi Vladimir Putinning «diplomatik niyatlari»dan ehtiyot bölişni maslahat bergani haqida xabar berdi. Bu mulohazalar Oq uyda AQŞ Rossiyani Ukraina bilan tinçlik muzokaralariga kirişişga majburlaş uçun unga nisbatan sanksiyalarni kuçaytirişi kerakmi yoki yöqmi, degan muhokama çoğida bildirildi, deya qayd etadi WSJ.