Rossiya va Ukraina armiyalari 16 aprel, çorşanbaga ötar keçasi uçuvçisiz uçoqlar bilan bir-birining hududlariga hujum qildi. Ukraina harbiy-havo kuçlari ma’lumotlariga köra, 16 aprelga ötar keçasi Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari Odessa, şuningdek, Kiyev, Poltava va Sumi viloyatlari tomon yöl olgan.

Ayni paytda eng katta vayronagarçilik Odessada qayd etilgan. Mahalliy hududiy harbiy ma’muriyat rahbari Oleg Kiper Telegramʼda turar joy binosidagi yonğin va fuqarolik infratuzilmasiga yetkazilgan zarar haqida ma’lum qildi. Odessa meri Gennadiy Truxanov turar joy binolari va omborlarga yetkazilgan zarar haqida yozgan.

Truxanovning sözlariga köra, qurbonlar yöq. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati uç kişi jarohat olganini ma’lum qildi.

Poltava viloyati ma’muriyati uçuvçisiz uçoq hujumi oqibatida elektr uzatiş liniyalariga zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Ikkita aholi punkti elektr energiyasiz qoldi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, bir keça-kunduzda Belgorod, Voronej, Kursk, Lipetsk, Moskva viloyatlari, şuningdek, Qrim ustida Ukrainaning jami 26 ta uçuvçisiz uçoqlari urib tuşirilgan. Mahalliy hukumat bu hududlarda vayronagarçilik va qurbonlar haqida xabar bermadi.