Yiğilişda kiçik va örta tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, investitsiya va eksportni köpaytiriş, quriliş, ijtimoiy sohalarni rivojlantiriş borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo, 2025 yilda Andijon viloyatida kamida 6 foiz iqtisodiy ösişni ta’minlab, yalpi hududiy mahsulotni 105 trillion sömdan oşiriş, 305 ming aholini band qilib, 150 ming odamni kambağallikdan çiqariş imkoniyati körsatib ötildi.

Masalan, Andijonda dastgohsozlik sanoati yaxşi şakllangan. Lekin ikki yilda viloyatga çetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Agar ularni özimizda tayyorlaş özlaştirilsa, iqtisodiyotga qöşimça tuşum, odamlarga iş örni böladi. Bunday taşabbuskorlarni qöllab, sertifikat va zarur buyumlar olişiga kömaklaşiş kerak.

Şuningdek, maşinasozlik-konstruktorlik işlab çiqariş markazlari taşkil etiladi. Sanoat tarmoqlarida talab yuqori bölgan import uskunalarning texnik körsatkiçlari örganilib, mahalliy korxonalarga muqobillari taklif qilinadi. Bunday uskunalarni mahalliylaştiriş istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard sömgaça imtiyozli kredit beriladi.

Viloyatdagi 13 ming gektar adirga suv çiqarib, bemalol ekin ekiş mumkin. Lekin u yerlarga suv çiqarişda nasos işlatiş uçun elektrni narxi dehqonlarga oğirlik qiladi. Şu bois quyoş paneli örnatiş uçun moliyaviy instrumentlar qöllanadi. Qörğontepada 300 gektar adirlikda sanoat usulida intensiv boğ va uzumzor barpo etilib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilinadi.

Boşqa hududlardagi samarasiz issiqxonalar Andijonga köçirilib, aholiga lizingga beriladi. Mahallalarga arzon uruğ va mineral öğit yetkaziladi.

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Baliqçi va Oltinkölda 5 gektardan issiqxona taşkil etib, 100 ta ehtiyojmand oilani daromadli qilgan. Endi bu Uluğnor, Paxtaobod, Xöjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yölga qöyiladi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy taşkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.

Viloyatdagi sun’iy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetiştirilyapti xolos. Osiyo taraqqiyot bankidan 15 million dollar jalb etib, 320 gektarda intensiv usulda baliq yetiştiriş, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qiliş loyihasi işlab çiqilgan. Mutasaddilarga bu loyihani nazoratga oliş, umuman, respublikada baliqçilikni rivojlantiriş böyiça körsatmalar berildi.