16 aprel, çorşanba kuni keçqurun Germaniya hukumati tomonidan ijaraga olingan yana bir samolyot Germaniyaning Leypsig/Xalle aeroportiga qöndi, uning içida zaif guruhlar sifatida tasniflangan Afğoniston fuqarolari bor. Germaniya IIV ma’lumotlariga köra, mamlakatga 138 kişi kelgan. Samolyot Pokistonning Islomobod şahridan havoga kötarilgan.
Germaniya Taşqi işlar vazirligi ta’kidlaganidek, gap Afğonistonda «Tolibon» harakati hokimiyat tepasiga kelganidan keyin federal hukumat tomonidan yaratilgan turli dasturlar böyiça Germaniyadan kiriş uçun avvalroq qonuniy majburiy ruxsat olgan odamlar haqida bormoqda. Afğonistondagi nemis muassasalarida işlaganlardan taşqari, ular içiga toliblar tomonidan ta’qib qiliniş xavfi ostida bölgan afğon erkaklari va ayollari ham kiradi — masalan, inson huquqlarini himoya qilganliklari uçun, deya qayd etadi dpa.
Germaniyaga qöngan samolyot bortida 45 nafar bola va ösmir bölgan. Jami 76 nafar ayol va 62 nafar erkak yetib kelgan, deb ta’kidladi Içki işlar vazirligi va har bir şaxs xavfsizlik nazoratidan ötganini ta’kidladi.
Joriy yilning boşida afğonistonlik 461 kişi Germaniyaga bir neçta şunga öxşaş reyslar bilan kelgan.








