Közingiz tuşgan bölsa, bir neça kun avval «Jo Bayden qayerda?» degan video e’lon qilib, demokrat Tramp prezidentlikka kirişganidan keyin ommaviy çiqiş qilmay qöygani haqida gapirgandik. 15 aprel kuni Bayden prezidentlikdan ketganidan keyin ilk marta ommaviy çiqiş qildi. Videoda demokrat nutqida nimalar deganiga töxtalamiz.
100 kunlik «yubiley»
Amerikada biror prezident Oq uy rahbari sifatida iş boşlagaç, dastlabki 100 kundan keyin uning işlari sarhisob qilinadi. Bu öziga xos ramziy kun hisoblanadi. 100 kunlikda prezident katta intervyu beradi, nimalar qilgani, dastlabki islohotlari haqida uni saylagan amerikaliklarga hisobot beradi. Jo Baydenning ilk ommaviy çiqişi ham aynan Trampning 100 kunligi davriga töğri keldi.
Jo Bayden yarim soatlik nutqi davomida Trampni tanqid qildi va qiziği biror marta uning nomini tilga olmay «u yigit» deb gapirdi. Balki Bayden siyosiy raqiblarini ismi bilan atamaslikni Vladimir Putindan örgangandir.
Demokrat prezidentlikdan ketganidan keyingi ilk nutqini Çikagodagi advokatlar, maslahatçilar va nogironlar vakillarining milliy konferensiyasida sözladi. Uning nutqi demokratlar ijtimoiy himoya kuni aksiyasi ötkazişga da’vat qilayotgan vaqtga töğri keldi.
Bayden Tramp AQŞdagi millionlab odamlar hayotiga ta’sir qiladigan ijtimoiy himoya dasturlarini «bolta olib çopayotganini» qoraladi: «100 kun ham bölmay yangi ma’muriyat şunçalik köp zarar keltirdiki, ular ijtimoiy ta’minot xodimlarini «bolta bilan çopişyapti», dedi Bayden.
Demokratlar oxirgi vaqtlarda Tramp ma’muriyati 73 milliondan ortiq amerikaliklarga ijtimoiy yordam körsatib keladigan agentlik faoliyatini çeklaşga urinayotganiga e’tibor qaratmoqda. Tramp milliarder Ilon Maskning DOGE agentligiga budjet xarajatlarini qisqartirişni buyurgaç, ular xalqaro loyihalardan taşqari amerikaliklarga ijtimoiy yordam körsatiladigan loyihalarni ham çeklaşni boşlagan. Xususan, Mask sud noqonuniy deb topganiga qaramay qariyalar va nogironlarga yordam puli beradigan taşkilot xodimlarining şaxsiy ma’lumotlar bazasiga kiriş huquqini qölga kiritib, ularni qisqartirişni boşlagan.
«Endi tasavvur qiling, siz yolğiz yaşaydigan nafaqaxör bölib, faqat ijtimoiy himoyaga boğlanib qolgan bölsangiz, qanday holatga tuşasiz? AQŞ tarixida ilk marta ijtimoiy yordam keçikişi yoki butkul bekor qilinişi mumkin. Ruzvelt bu loyihani işlab çiqqaç 90 yildan buyon muhtojlar uruşga, pandemiyaga qaramay ijtimoiy yordam olib kelgan. Va endi buni özgartirişmoqçi. Bu millionlab oilalar uçun halokatli böladi. Ijtimoiy himoya bu şunçaki davlat dasturi emas, bu bizning millat sifatida bergan muqaddas va’damizdir. Biz bunday tarqoq millat kabi davom etişimiz kerak emas», dedi Bayden.












