NATO mamlakati Daniya Ukrainaga askarlarini tayyorlaş uçun yuborişni rejalaştirmoqda, dedi Daniya armiyasi quruqlikdagi kuçlari qömondoni Peter Boysen 16 aprel, çorşanba kuni TV 2 telekanaliga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, Daniya askarlari ukrainalik harbiylardan, jumladan, dronlardan foydalangan holda uruş olib boriş tajribasini örganadi.
Ukraina askarlari orttirgan jangovar tajriba muhimligini, şuningdek, Ukrainada Daniya askarlarini tayyorlaş istiqbollarini ta’kidlab, Boysen Ukraina «Ğarb yordamini oluvçi rolidan özi NATO davlatlarining jangovar tayyorgarligiga hissa qöşadigan davlat roliga ötayotganini» ta’kidladi.
Boysenning aytişiça, daniyaliklar front çiziğidan uzoqda, ehtimol Ukraina ğarbidagi öquv markazlarida joylaştiriladi. Uning sözlariga köra, maşğulotlar şu yilning yozidayoq boşlanişi mumkin. Daniya mudofaa vaziri Trols Lund Poulsen rejalar haqida izoh berişdan boş tortdi va bu kabi masalalar harbiylarning vakolatiga kiradi, dedi.
Rossiyaning Kopenhagendagi elçixonasi Daniya harbiylarining rejalaridan noroziligini bildirdi. Rossiyaning Daniyadagi elçisi Vladimir Barbin TV 2 telekanaliga yozma izoh berib, Daniya askarlarini Ukrainada tayyorlaş «Daniyani mojaroga yanada çuqurroq tortadi» va «nazoratsiz keskinlaşuvni yanada kuçaytiradi», deya ta’kidladi.









