London La-Manş böğozi orqali qayiqda mamlakat hududiga noqonuniy ravişda kelgan migrantlarni Parijga deportatsiya qiliş imkoniga ega böladi. Buyuk Britaniya va Fransiya bu boradagi kelişuvni muhokama qilmoqda, deb yozadi Financial Times.

Buning evaziga Britaniya Fransiyadan mamlakatda qoliş huquqiga ega (jumladan, oilalarni birlaştiriş dasturi doirasida) xorij fuqarolarini qabul qiladi. Fransiya Içki işlar vazirligi bu sxemadan boşqa Yevropa Ittifoqi davlatlari ham foydalanişiga umid qilmoqda.

«Bu pilot loyiha bölib, kelajakdagi Yevropa kelişuviga asos bölişi mumkin. Fransiya mazkur taşabbusni qat’iy qöllab-quvvatlaydi», — deydi Fransiya IIV vakili.

Şunga qaramay, FT manbalarining ta’kidlaşiça, uşbu sxemaning butun Yevropa Ittifoqi böyiça keng qöllanişi dargumon — köpgina mamlakatlar YeI a’zosi hisoblanmaydigan Buyuk Britaniya tomonidan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilişni istamaydi. Gazeta suhbatdoşlarining qayd etişiça, Parij va London örtasidagi muzokaralar hozirça dastlabki bosqiçda, boşqa Yevropa davlatlarining iştiroki haqida gapirişga hali erta.

Ma’lumotlarga köra, 2025 yil boşidan beri 8,2 ming kişi La-Manş orqali kiçik qayiqlarda Fransiyadan Buyuk Britaniyaga noqonuniy ötişga uringan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga köp. Umumiy hisobda 2024 yilda 37 mingta şu kabi holat qayd etilgan.