"Toşkent şahridagi jamoat joylarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş böyiça tajriba-sinov tariqasida kinologiya punktlarini taşkil etiş töğrisida"gi hukumat qarori loyihasi işlab çiqildi.

Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasining Toşkent şahridagi jamoat joylari, xususan, istirohat boğlari va xiyobonlar hududlarida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, şuningdek, alohida toifadagi kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş maqsadida 2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 30 sentabrga qadar tajriba-sinov tariqasida kinologiya punktlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.

Toşkent şahridagi istirohat boğlari va xiyobonlarda taşkil etiladigan kinologiya punktlarining röyxati tasdiqlanadi.

Belgilanişiça:

  • tajriba-sinov tariqasida yölga qöyilayotgan kinologiya punktlarida xizmatni taşkil etiş Toşkent şahar Milliy gvardiya boşqarmasi hamda Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi kinologiya bölimining amaldagi ştat birliklari doirasida taşkil etiladi;
  • Kinologiya punktlari Bojxona qömitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan Milliy gvardiyaning buyurtmasi böyiça “dual tizim asosida (“giyohvandlik vositalarini qidiriş” va “antiterror” yönalişlarida) tayyorlangan xizmat itlari bilan şartnoma asosida ta’minlanadi;
  • mazkur qarorni bajarişda tegişli inşootlar hamda xizmat itlari uçun maxsus joylar quriş bilan boğliq sarf-xarajatlar davlat mulkiga tegişli bölgan obektlarda Toşkent şahar hokimligining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriladi;
  • xususiy investorlarga ijaraga berilgan obektlarda tegişli inşootlar hamda xizmat itlari uçun maxsus joylar quriş Toşkent şahar hokimligi bilan kelişuvga köra investorlarning öz mablağlari hisobidan amalga oşirilişi mumkin.

Quyidagilar kinologiya punktlarida xizmat olib boruvçi xodim va harbiy xizmatçilarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • fuqarolar va ularga tegişli bölgan transport vositalari, qöl yuklari, narsa va buyumlari hamda aşyolarida giyohvandlik vositalarini xizmat itlarini qöllagan holda aniqlaş çoralarini köriş;
  • jamoat xavfsizligi va osoyiştaligini ta’minlaş, şuningdek giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşişda faol iştirok etiş;
  • aholi gavjum böladigan xiyobon, istirohat boğlarida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişda iştirok etiş;