Hindiston rasmiylari Rossiya-Ukraina uruşini jahon qurol bozoridagi uluşini kengaytiriş imkoniyati sifatida körmoqda. Bu haqda yozgan Reuters agentligi jurnalistlari şaxsi sir qolişini söragan önlab hindistonlik rasmiylar bilan suhbatlaşgan.

Agentlik materialida uruş boşlanganidan keyin AQŞ va Ğarbning boşqa davlatlari özlarida mavjud bölgan barça ortiqça qurollarni Kiyevga jönata boşlagani, Rossiya harbiy zavodlari esa amalda faqat öz harbiy ehtiyojlari uçun texnika va öq-dorilar işlab çiqarişga ötgani qayd etiladi. Şu sababli, azaldan dunyodagi eng yirik ikki eksportçi – AQŞ va Rossiyadan qurol sotib olişga tayangan köplab davlatlar muqobil yöl izlaşga majbur bölgan.

Hindiston uzoq yillar davomida ham Vaşingtondan, ham Moskvadan sotib olgan harbiy texnologiyalarga egaligi hisobga olinsa, u AQŞ va Rossiya mijozlari uçun ehtimoliy jozibador eksportçi bölib çiqdi.

Mahsulot tannarxi pastligi Hindistonning xaridorlar bazasini kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar beradi. Hozir Hindiston 155 millimetr kalibrli artilleriya öq-dorilarini 300-400 dollar atrofida işlab çiqarişi mumkin, Yevropadagi muqobil variantlar esa uç ming dollardan qimmatroq narxda sotilmoqda. Hind gaubitsalari ham Yevropa gaubitsalaridan ikki baravar arzon.

Hindiston Afrika, Janubiy Amerika va Janubi-Şarqiy Osiyoga – birinçi navbatda, an’anaviy ravişda Rossiya ta’minotiga qaram bölib kelgan mamlakatlarga eksportni kengaytirişni rejalaştirgan. 2026 yilgaça Hindiston qurol şartnomalari böyiça töğridan-töğri muzokaralar olib boriş uçun xorijdagi elçixonalariga kamida 20 nafar harbiy attaşeni yubormoqçi. Hukumat 2029 yilga borib qurol eksportini ikki baravar oşirişni möljal qilgan.

Hozir Hindiston harbiy eksportining katta qismini öq-dorilar, öqotar qurollar va harbiy sanoatda qöllanadigan uskunalar uçun komponentlar taşkil qiladi, ammo yaqin yillarda mamlakat rasmiylari yetkazib beriş liniyasini kengaytirişni rejalaştirmoqda.

Hindiston hukumati ma’lumotlariga köra, 2023-2024 moliya yilida Hindiston 14,8 milliard dollarlik qurol işlab çiqargan. Bu 2020 yilga nisbatan 62 foizga köpdir. Stokholm tinçlik muammolarini örganiş instituti (SIPRI) hisob-kitoblariga köra, Ukraina bilan uruş fonida Rossiyaning jahon qurol-yaroğ savdosi bozoridagi uluşi 2020-2024 yillarda 7,8 foizga kamaygan.