Ukraina Rossiyaga qarşi mudofaa uruşida öz qurollarining 40 foizidan köproğini işlatyapti. Bu haqda Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy 16 aprel, çorşanba kuni ma’lum qildi. «Mudofaa sanoatimiz allaqaçon mingdan ortiq turdagi qurollarni işlab çiqarmoqda: artilleriya snaryadlaridan tortib raketalar, uzoq masofaga uçuvçi qurollar va dronlargaça», — dedi Zelenskiy Kiyevda mudofaa sanoati vakillariga.

Ukraina prezidenti Ukraina mudofaa sanoati sohasida xorijiy hamkorlar bilan qöşma loyihalar soni ortib borayotganini ta’kidladi. «Va tendensiya özgarmadi: Ukraina öz xavfsizligini ta’minlaş uçun — mustaqil ravişda va şeriklar bilan birgalikda köproq harakat qiladi», dedi Zelenskiy.

Ukraina harbiy-sanoat majmuasining yutuqlari qatoriga turli turdagi hujumkor uçuvçisiz uçiş qurilmalarni jadal modernizatsiya qiliş va artilleriya tizimlarini işlab çiqariş kiradi, deya qayd etadi dpa agentligi.

Ötgan yilning iyul oyida Zelenskiy mamlakatning uzoq masofali raketalarni yaratiş va işlab çiqarişdagi muvaffaqiyatlari haqida ma’lum qilgandi. «Bizning raketa dasturimiz yaxşi dinamikaga ega va bu qiyin vazifa bölsa-da, biz faqat şeriklar yetkazib berayotgan raketalarga tayanib qolmasdan, asta-sekin raketalarimizdan foydalaniş imkoniyatiga yaqinlaşyapmiz», — dedi Ukraina rahbari.