Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bölişi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin, deya xabar berdi Özgidromet.

Faqat respublikaning şimoli-ğarbiy hududlari – Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati şimolida yoğingarçilik kutilmaydi.

Havo harorati juma kuni +18…+21 darajagaça, şanba kuni +14…+17 darajagaça pasayişi davom etadi.

Yakşanba kuni faqat toğoldi va toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Özbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Keçasi va kunduzi havo nisbatan salqin böladi, harorat keçasi +5…+10 darajagaça pasayadi, kunduzi esa quyoş nurlari havoni +20…+23 darajagaça isitadi.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/soniyagaça kuçayadi. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida 18 aprel kuni keçga tomon qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +18…+20 daraja böladi. Şanba kuni keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi +8…+10 daraja, kunduzi +15…+17 daraja böladi.

Yakşanba kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi +7…+9 daraja, kunduzi +18…+20 daraja böladi. Şamol şarqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi.