Safar doirasida institut boşqaruvi a’zosi Mixail Savrasov va "Raqamli iqtisodiyot va biznes" doktoranturasi direktori, professor Inna Stetsenko Toşkent davlat transport universiteti prorektori Bahodir Törayev va Migratsiya agentligi direktori örinbosari Azim Husanov bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muzokaralar çoğida transport va logistika yönalişlarida kadrlar tayyorlaş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Toşkent davlat transport universitetida Yevropa standartlari böyiça sertifikatlangan holda oğir yuk taşuvçi avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va malakasini oşiriş kurslarini taşkil etiş, şuningdek, Boltiqböyi va Skandinaviya mamlakatlaridagi yetakçi transport-logistika kompaniyalariga işga joylaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Tomonlar Latviya Transport va kommunikatsiyalar instituti professor-öqituvçilarini jalb etgan holda ixtisoslaştirilgan amaliy va uslubiy öquv dasturini işlab çiqiş jarayonini boşlaşga qaror qildi.
Professor Inna Stetsenko Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida professor-öqituvçilar uçun "Ekoturizm va "yaşil iqtisodiyot" mavzusida ma’ruza öqidi. Tadbirda turizm sohasida Yevropa standartlarini joriy etiş va Özbekistonda "yaşil" iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça tajriba almaşildi.









