Meta Platforms kompaniyasi asosçisi va boş direktori Mark Tsukerbergning jami mukofot pullari 2024 yilda 2,8 million dollarga oşib, 27,2 million dollarga yetdi. Bu haqda AQŞ Qimmatli qoğozlar va birja komissiyasiga tayanib MarketWatch xabar berdi.

Qayd etilişiça, Tsukerberg kompaniyaning boşqa har qanday top-menejeridan köproq pul işlab topgan. 2012 yildan beri Tsukerbergning maoşi yiliga 1 dollarni taşkil etadi, şuningdek, u bonus tölovlari va aksiyalar olmaydi. Biznesmen hamda uning rafiqasi Prissilla Çan avvalroq öz mablağlarining 99 foizini xayriyaga yönaltirişni va’da qilgandi.

Umumiy tölovlar Tsukerberg hamda uning oilasi xavfsizligini ta’minlaş xarajatlarini öz içiga oladi. Ötgan yili bunga 14 million dollar sarflangan — 2023 yil Facebook asosçisi va uning oilasi xavfsizligiga 10 million dollar yönaltirilgan edi. Bundan taşqari, Meta uning şaxsiy samolyotdagi parvozlari uçun 2,6 million dollar tölagan.

Meta 2024 yilda dividend tölaşni boşlagan, törtinçi çorakdagi ösişdan keyin u har bir aksiya uçun 0,52 dollarni taşkil etgan. Tsukerberg kompaniyaning taxminan 13 foiz aksiyasiga egalik qiladi va yiliga soliqlar bilan qöşib hisoblaganda 700 million dollarga yaqin dividend oladi.

2025 yil boşidan beri Meta kapitalizatsiyasi 14,3 foizga, ya’ni 1,27 trillion dollargaça qisqardi.