Mineral öğitlar va kimyoviy vositalarni ulgurji va çakana savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar 1 iyungaça litsenziya olişlari kerak. Rasmiylarning tuşuntirişiça, bu orqali, masalan, olma uçun möljallangan kimyoviy moddaning pomidorga sepilişining oldi olinadi. Şuningdek, bunday mahsulot importi ruxsatnoma asosida amalga oşiriladi, kimyoviy moddalar bosqiçma-bosqiç markirovkalanadi.

Özbekistonda zararkunanda haşoratlarni yöq qiliş uçun işlatib kelingan 40 ta kimyoviy modda taqiqlandi. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari 17 aprel kuni AOKAda ötgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi. Ma’lum bölişiça, oxirgi 2 yilda zaharli sipermetrin, xlorpirifos, dimetoat va tiakloprid kabi zaharli moddalardan foydalaniş töxtatilgan. Boisi, uşbu moddalar inson ölimiga olib kelişi yoki asalariçilikka jiddiy zarar yetkazadi.

“2021 yilgaça bu röyxat kitob şaklida bölardi, har ikki yilda yangilanib turardi. Töğri aytdingiz, sipermetrin, xlorpirifos taqiqlangan modda, u Özbekistonda işlatilmaydi. Ikkinçisi dimetat, buyam bozordan olib taşlangan, zaharliligi uçun SES, ekologiya ruxsat bermaydi. Uçinçisi imidakloprid. Bunga meva-sabzavot uçun taqiq joriy qildik, faqat gözada qolgan”, – deydi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori birinçi örinbosari Bobur Hamrayev.

Hamrayevning aytişiça, 10 ga yaqin preparatdan foydalaniş böyiça çeklovlar kiritilgan. Röyxat bilan “Agrokömakçi” mobil ilovasida tanişiş mumkin. Unda fermer va dehqonlar uçun turli körsatmalar ham berib boriladi.

“Çeklov qöyilgan 10 ta modda bor. Masalan, glifosat, indoksakarb kabi ta’sir etuvçi moddalar. Ular faqat gözaga işlatiladi. 639 ta biolaboratoriyamiz 2025 yilda bozorda 197 mlrd sömlik savdoni amalga oşirişi prognoz qilingan. Bu çeklov kiritilgan preparatlarimiz örnini bosiş uçun qilinyapti. Bu preparatlar Özbekistonda bor, çeklovga qöyilgan preparatlarning hammasi ğözaga deb röyxatdan ötadi. Şu ekinlarda işlatiladi. Hattoki, preparatning yorliğiga ham yoziladi. Agar şu talablar bölmasa, tadbirkorning litsenziyasi ham, guvohnomasi ham bekor qilinadi”, – deydi Hamrayev.

Uning sözlariga köra, 1 iyundan kuçga kiradigan tartibga asosan endi mineral öğitlar va kimyoviy vositalarni ulgurji va çakana savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Lisenziyalaş jarayonlari 7 fevraldan boşlangan. Bu orqali preparatlardan foydalaniş bilan boğliq noqonuniy holatlarga qarşi kuraşiladi.