17 aprel, seşanba kuni Parijda AQŞ, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya vakillari yiğildi. Turli formatdagi muzokaralarda Ukrainada tinçlikka erişiş yöllari muhokama qilindi.

Parijdagi AQŞ delegatsiyasi tarkibida davlat kotibi Marko Rubio, Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog va maxsus elçi Stiven Uitkoff bor edi. Muzokaralarda Kiyev tomonidan Volodimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak, taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov iştirok etdi.

Germaniya tomonidan Germaniya Taşqi işlar vazirligining siyosiy direktori Gyunter Zautter va Federal hukumatning taşqi siyosat va xavfsizlik siyosati böyiça maslahatçisi Yyens Plyotner iştirok etdi.

Kit Kellog X ijtimoiy tarmoğida Umerov va Yermak bilan Parijdan tuşgan suratni joylaştirdi va uçraşuvlarni «juda samarali» deb atadi.

AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryusning aytişiça, Vaşington barça tomonlarga «kuçli va mustahkam tinçlik sxemalarini» taqdim etgan, ammo heç qanday tafsilotlarni keltirmagan. Uning sözlariga köra, Parijdagi uçraşuvdan söng Marko Rubio telefon orqali Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga «AQŞ jamoasi Parijdagi Ukraina delegatsiyasi va uning Yevropadagi ittifoqçilariga bildirgan signalni: prezident Donald Tramp va Qöşma Ştatlar bu uruş tugaşini istaydi» degan xabarni yetkazgan.