«Old Trafford»dagi fantastika

Yevropa Ligasi. 1/4 final
Javob bahslari. 17 aprel
«Mançester Yunayted» — «Lion» 5:4
Gollar: Ugarte (10), Dalot (45+1), Fernandeş (114, penalti), Maynu (120), Maguayr (120+1) — Tolisso (71), Lyakazett (78), Şerki (105). 
«Mançester Yunayted» — Onana, Mazraui (Şou, 46), Maguayr, Yoro, Dalot, Kazemiro, Ugarte (Maunt, 86), Dorgu (Amass, 100), Fernandeş, Garnaço (Eriksen, 100), Hoylund (Maynu,  86). 
«Lion» — Perri, Maytlend-Naylz, Mata, Niakate Tayalfiko (Çaleta-Tsar, 115), Tolisso, Akuoku (Tessmann, 55), Veretu (Lyakazett, 55), Şerki, Almada, Mikautadze (Fofana, 64). 
Ogohlantirişlar: Veretu (18), Tolisso (45+1), Garnaço (50), Talyafiko (64), Maguayr (93), Yoro (108), 
Çetlatiş: Tolisso (89). 
Birinçi öyin — 2:2.

Ruben Amorim va’da qilganidek Liondagi birinçi öyinda qöpol xatolarga yöl qöygaç, APLning oxirgi turida dam olgan Onanani darvozaga qaytardi. Kamerunlik futbolçiga raqib yarimhimoyaçisi va «MYu»ning sobiq futbolçisi Nemanya Matiç bilan ijtimoiy tarmoqdagi bahslaşuvdan keyin fikrini bir joyga jamlab oliş uçun vaqt kerak bölgandi. Va, aytiş mumkinki, murabbiyning qarori oqilona edi, Onana esa javob öyinida bir neça marta jamoani qutqarib qoldi. Hisob 1:0 ekanida u Şerkining öta xavfli zarbasidan keyin burçakka borayotgan töpni tösdi, keyin esa Tolissoning kutilmaganda burilib yöllagan zarbasini ham bartaraf etdi. Ikki epizod ham — hafta hit-paradidan joy olişga loyiq.

«Qizil iblislar» birinçi bölimda himoyaçilarning olisdan bergan uzatmalariga urğu qaratdi. Birinçi gol Mazraviyning şunday pasidan keyin Garnaço Ugarteni qulay vaziyatga çiqarişi bilan urildi, Nussayrning yana bir pasidan keyin Brunu Fernandeş yöllagan zarba esa tösinga bordi. Bundan taşqari, Maguayrning diagonal pasidan keyin Diogu Dalot forvard pozitsiyasiga çiqib borib, ikkinçi golni urdi. Portugaliyalik lateral bu vaziyatda Talyafiko bilan töp uçun kuraşda ustun keldi va töpni olis burçakka yönaltirdi. «MYu» ijrosidagi birinçi bölim noodatiy darajada mukammal çiqdi.

Ikkinçi bölim boşida esa Garnaço uçinçi golni urişi mumkin edi. Ammo argentinalik vinger jarima maydoni içida bir harakat bilan himoyaçini yöldan olgaç, darvozabon bilan yakkama-yakka holatda töpni uning öziga yölladi. Agar u bu vaziyatda yaxşiroq zarba berganida öyin taqdiri hal bölişi mumkin edi, ammo bu holda muxlislar dramatik lahzalardan quruq qolgan bölardi.