Vaşington Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ukraina böyiça öt oçişni töxtatiş taklifiga şu haftaning oxirigaça javob olişni kutmoqda. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi. 

«Ularning javobini şu hafta, juda yaqin kunlarda eşitamiz. Biz qotilliklar töxtatişini xohlaymiz», — deydi Tramp.

Şuningdek, u hafta davomida — 24 aprelgaça AQŞ va Ukraina tabiiy resurslar böyiça bitim imzolaşi mumkinligini qöşimça qildi. Bu bitim AQŞning Ukrainaga bergan harbiy yordami uçun sarflangan mablağni qoplaşga xizmat qiladi. Bloomberg ma’lumotlariga köra, muzokaralar davomida uşbu «qarz» miqdori uç baravar kamaytirilgan — 300 milliard dollardan 100 milliard dollargaça.

Axios manbalarining sözlariga köra, agar Putin aprel oyining oxirigaça öt oçişni töxtatişga rozi bölmasa, AQŞ Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilişga tayyor. Fox News oldinroq Tramp muzokaralarni ataylab çözayotgani uçun Putindan norozi ekani haqida yozgandi. Ma’lumotlarga köra, Oq uy Rossiyaning «soya floti»ga nisbatan keskin çoralarni körib çiqmoqda. Tramp Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan 500 foizgaça boj joriy qilişi mumkinligini aytgan edi.

18 aprel kuni Rossiya va Ukraina örtasida energetik obektlarga nisbatan özaro zarba bermaslik böyiça moratoriy muddati tugaydi. Kreml uni uzaytiriş niyati borligini hozirça bildirmagan. Prezident yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, Rossiya moratoriy atrofidagi vaziyat böyiça AQŞ tomoniga «muayyan signallar»ni yetkazadi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 17 aprel kuni Ukrainadagi vaziyatni hal etiş böyiça AQŞ bilan muzokaralarda muammolar borligini tan oldi. «Jarayon ança murakkab ketmoqda», — deydi u. Bunga sabab sifatida Peskov «Kiyev rejimi» va Yevropa Ittifoqi davlatlarini körsatgan.

The Moscow Times’ning Kremlga yaqin manbalariga köra, Putin Ukraina böyiça muzokaralarda maksimalistik pozitsiyani saqlab qolmoqda. Mart oxirlarida Saudiya Arabistonida ötgan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi Ukraina tarkibidagi törtta oblast — Donetsk, Lugansk, Zaporojjya va Xerson töliq ma’muriy çegaralari bilan RFga berilişini talab qilgan. Bundan taşqari, Moskva yana bir oblast, masalan, Dnepropetrovsk yoki Sumining bir qismini bosib olib, keyinçalik uni Xerson va Zaporojjya bilan almaşişni taklif qilişi mumkin.