Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida boşlangan videoselektor yiğilişida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo çeklovlarining Özbekistonga ta’sirini yumşatiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Avvalo, davlat rahbari global iqtisodiy holatga töxtaldi.
«Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar örtasida barqaror munosabatlar va özaro işonçni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular işlab çiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bölib boryapti.
Albatta, bu jarayonlar zanjirli ta’sir körsatib, jahon iqtisodiyoti sekinlaşuvi va xalqaro savdo kamayişiga olib kelişi mumkin», – dedi prezident.
Birgina yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflatsiya darajasi 7,5-8 foizga kötarilişi haqida prognozlar berilmoqda.
«Uç-tört kun içida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yöqotgani biz uçun qattiq “signal” bölişi kerak.
Eng katta xavf – pandemiya davrida bölgani kabi dunyo böylab ta’minot va qiymat yaratiş zanjirlarida uzilişlar paydo bölişidadir.
Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori uluşga ega töqimaçilik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi “drayver” tarmoqlarga katta zarba berişi mumkin», – dedi prezident.
Öziga nisbatan eng katta import bojlari qöyilgan davlatlar endilikda Özbekiston eksport qilayotgan yönalişlarga özining mahsuloti bilan kiriş uçun agressiv savdo siyosatini yuritişi mumkinligi qayd etildi. Ya’ni, mamlakatimiz kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor töqimaçilik va maişiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat böladi.
Harvard universiteti tahliliga köra, ötgan beş yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida Özbekistonning örni 25 poğona yaxşilanib, 105-örindan 80-öringa kötarildi.
Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlar «dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega» deb e’tirof etilyapti.
Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oşdi. Taşqi savdo aylanmasi yalpi içki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.
«Bu – iqtisodiyotimiz taşqi bozorlarga qançalik boğliq ekanini körsatadigan juda katta raqam», – dedi prezident.









