Hukumat qarori bilan «Xorazm viloyatida yangi mehmonxona quriş va uni jihozlaş uçun investorlarga Özbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratiş tartibi töğrisida»gi vaqtinçalik Nizom qabul qilindi.

Nizom Xorazm viloyatida 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgaça investorlar tomonidan yangi mehmonxona quriş va uni jihozlaş xarajatlarining bir qismini qoplaş maqsadida davlat budjetidan subsidiya ajratiş tartibini belgilaydi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

- toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uçun - 10 mln söm;

- 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uçun - 15 mln söm;

- 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uçun - 20 mln söm.

Bunda mehmonxona kamida 2 qavatdan iborat bölişi lozim.

Mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boşlab 5 yildan kam bölmagan muddatda faoliyat yuritişi, toifali mehmonxona bölgan taqdirda, kamida 5 yil uşbu toifani saqlab qolişi lozim.