Özbekistonda sun’iy intellekt bilan boğliq huquqiy masalalar qonunçilikka kiritilyapti. Loyiha taşabbuskorlari OAV iştirokidagi davra suhbatida qonun loyihasidagi normalar, xususan SI yordamida noqonuniy montaj qilib tarqatilgan foto va videolar uçun javobgarlik masalasida izoh berişdi. Biz yangi rivojlanib kelayotgan texnologiya notöğri maqsadlarda işlatilişini çeklamoqçimiz xolos, deydi qonunçilar.
15 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi sun’iy intellektga oid qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Loyihada sun’iy intellektning huquqiy tavsifi, sohadagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari va SIdan foydalanişning umumiy qoidalari belgilangan.
Qonun loyihasi bilan, SI yordamida yaratilgan mahsulotlarni OAV yoki internetga joylaştirişda ularni markirovkalaş, şuningdek, sun’iy intellektdan foydalangan holda şaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy işlov bergan va tarqatganlarning iş qurollari musodara qilinib, jarimaga tortilişi yoki 15 sutkagaça qamoqqa olinişi haqida bandlar bor.
18 aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida loyiha böyiça davra suhbati bölib ötdi. Unda Kun.uz muxbiri quyidagi masalalarni kötardi:
- Nima sababdan qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilinmadi?
- SIdan foydalangan holda şaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy işlov berib, tarqatganlarning iş qurollari musodara qilinib, jarimaga tortilişi yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamalişi közda tutilmoqda. Bu örinda qamoq jazosini kiritiş uçun asoslar yetarlimi?
- SI yordamida yaratilgan mahsulotlarni markirovkalaş tartibi qanday böladi? Bu tartibni buzganlik uçun javobgarlik böladimi?
Savollarga parlamentning bir neça a’zolari javob qaytarişdi.
Javlon Abdullayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi raisi örinbosari:

— Qonun loyihasi deputatlar tomonidan taşabbus huquqi asosida kiritilgan. Bu – birinçi qadam. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilişi bu majburiy talab emas. Lekin mana şu öqişlar orasida köplab jamoatçilik vakillari bilan muhokama qilinadi va taklif-mulohazalar şu tarzda olib borilsa ham böladi.
Ikkinçidan, javobgarlik masalasida. Deputatlar katta javobgarlik söramayapti. Masalan, sun’iy intellektdan foydalangan holda şaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravişda işlov beriş – qaysidir fuqaroning rasm yoki videosiga SI bilan pornografik yoki boşqa narsani qöyib, internetga çiqarib yubordi. Toki bu narsani qilgan odamni topib, jazolagunga qadar, bu tarqab böladi, haligi odamning obrösiga putur yetadi. Şu sababli, mutanosiblik nuqtayi nazaridan, 15 sutka qattiq jazo emas, balki normal söralayotgan jazo.
Markirovka borasida, hamma davlatlarda yagona talab yöq, lekin harakatlar boşlangan. Bu borada qonun qabul qilinganidan keyin, Vazirlar Mahkamasi qöşimça örganadi. Bunda yoki SI texnologiyasi asosida yaratilgani haqida yoziladi, yoki belgi qöyiş kerak böladi. Bu masala mutaxassislar bilan maslahat qilinadi va örganiladi.
Behzod Töxtamurodov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi a’zosi:

— Yumşoq kuç işlatiş yölidan ketyapmiz, biz qattiq çegaralar qöyişdan yiroqmiz. Özbekistonda 2030 yilgaça IT Hub davlati sifatida şakllanişi böyiça rejalar bor. Mana şu jarayonlarda çeklovlardan imkon qadar qoçyapmiz.
SI generatsiya qilgan işlar reallikka yaqin bölgani uçun köpçilik işonib qolyapti. Bunday sifatli kontentni oddiy montaj dasturida qiliş uçun malakali mutaxassis böliş kerak, SIda esa maktab öquvçisi ham ikkita harakat bilan bunday kontentlar qila oladi. Biz heç kimni qörqitmayapmiz, biz yangi rivojlanib kelayotgan texnologiyani notöğri işlatilişini çeklamoqçimiz, xolos. Buni ommaga qanday yetkazib beriş OAVga boğliq.
Siz bergan javobgarlik qattiqligi haqidagi takliflaringizni ham körib çiqamiz, mutaxassislar bilan maslahat qilamiz. Loyiha yuzasidan ikkinçi öqişgaça köplab uçraşuvlar ötkazib, taşabbus va takliflarni yiğib boramiz.
Şahnoza Xolmaxmatova, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi a’zosi:

— Albatta, qonun loyihalarini jamoatçilik muhokamasiga çiqarişni talab qiliş örinli. Biz loyihani birinçi öqiş bilan ikkinçi öqiş orasida ham muhokamaga qöyişimiz mumkin, bunday holatlar amaliyotda bor. Buni biz deputatlik korpusi bilan, albatta, muhokama qilamiz.
Ikkinçidan, jazo masalasida. Juda oğir jazo, deyapsiz. Huquqbuzarlik sodir etiş qurollari musodara qilib, ma’muriy qamoqqa oliş yoki jarima. E’tibor qilinsa, moddaning 2-qismida aytilyaptiki, uşbu kodeksga muvofiq öziga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qöllanilişi mumkin bölmagan şaxslar – 3 yoşgaça bolasi bor, homilador ayollar, nogironligi bölgan şaxslar kabilarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qöllanilişi mumkin emas. Ularga faqat jarima jazosini qöllaş mumkinligi nazarda tutilyapti.
Insonning haq-huquqlari bugun hamma narsadan ustun, ya’ni uni şa’ni, qadr-qimmat bilan boğliq huquqlar va uni qaysidir şaxs tomondan sun’iy intellekt imkoniyatlarini suiiste’mol qilib, huquqbuzarlik sodir etilsa, u albatta javobgarlikka tortilişi kerak. Buni avvalambor öz tanamizda his qilib körişimiz kerak edi. Hozir kunda mana ayollarimizning fotosidan, qiyofasidan, ovozidan foydalanib, turli xil pornografik videolar tarqatilişi mumkin. Sun’iy intellekt bunga imkoniyati yetarli darajada. Yoki özga şaxslarning işonçini suiiste’mol qiliş uçun boşqa şaxslarning qiyofasidan foydalanişlari mumkin. Albatta, bu holatlar qat’iy çoralar körişni talab qiladi.
Bugun biz sun’iy intellektdan foydalanişni çegaralamayapmiz yoki tösiqlar qöymayapmiz. Biz yumşoq huquqiy çoralar qöllaşga harakat qilyapmiz. Agar biz bu narsaga bugun e’tibor qaratmasak, u ertaga juda katta bir boşqa bir oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkin. Uşbu qonun loyihasida sizlar va mana şu jamoatçilik muhokamasi natijasida yiğilgan takliflarni ham aks ettirişga harakat qilamiz.
Diyor Husanov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi a’zosi:
— Bugun kunda juda köp yangi texnologiyalar çiqyapti, ular avtomatlaştirilgan tizimda işlayapti. Öşa kimdir sun’iy intellekt orqali qaysidir şaxsga doir ma’lumotlarni – uning yuzini, qiyofasini özgartirib, tarqatgan materiallarni böyiça uni 15 sutkaga qamagan bilan, uning texnologiyasi avtomatik tarzda işlab turadi-da. Jahon tajribalari örganganda ham öşa taraflarini hisobga olinib, bizlar eng minimal javobgarlik masalalarini körganmiz. Çunki, Özbekistonda sun’iy intellektni rivojlantiriş uçun prezidentimiz tomonidan bir qança qarorlar çiqarilyapti, boşqa davlatlar bilan hamkorlik qilinyapti.
Özi Jinoyat kodeksiga ham özgarişlar nazarda tutilgan edi. Biz birinçi bosqiç sifatida, yoşlar yangilik yaratsa, qörqib qolmasin, degan maqsadda yengillik sifatida faqat ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Bu böyiça boşqa takliflar bölsa, bizga [deputatlarga] bersangiz, uni muhokama qilib, qömitada körib çiqamiz.

Ziyodbek Yunusov, Oliy Majlis deputati:
— Bu javobgarlik çorasini tarbiyaviy maqsadlarda kiritib qöymasak bölmasdi. Sun’iy intellektdan hozir firibgarlar ham foydalanyapti. Şu firibgarlardan, insonning qadri qimmatiga ta’sir qiladigan kontentlardan yoşlarimiz nari yursin, degan maqsadda qilingan. Bularni, albatta, yoşlarga sekin-sekin yetkazib yuboramiz. SIdan töğri maqsadda foydalangin, degan maqsaddagi «tarbiyaviy şapaloq» böldi.








