Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boşqa şaxs foydasiga voz keçiş evaziga moliyalaş (faktoring) töğrisidagi umumiy qoidalar kiritildi.
Faktoring haqidagi bildirişnoma garov reyestrida röyxatdan ötkazilgandan keyin pul talabnomasidan boşqa şaxs foydasiga voz keçiş uçinçi şaxslarga nisbatan kuçga ega böladi.
Qonun bilan faktoring şartnomalari böyiça moliya agentlarining talablarini qanoatlantiriş tartibi belgilandi. Bunda, aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boşqa şaxs foydasiga bir martadan ortiq voz keçiş amalga oşirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.
Şuningdek, «Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, Amalga oşirilişi uçun ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni oliş talab etiladigan faoliyat (harakatlar) qatoriga quyidagilar kiritildi:
- Kafolatlar beriş taşkiloti faoliyatini amalga oşiriş;
- faktoring taşkiloti faoliyatini amalga oşiriş.
Bundan taşqari, vakolatli organlarni xabardor qiliş tartibida amalga oşiriladigan faoliyat turlari röyxatiga quyidagilar kiritildi:
- Nobank kredit taşkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) uluş olinganligi töğrisida xabarnoma;
- Faktoring taşkilotining filialini oçganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma.








