AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş yölida özgarişlarga işonç bildirdi. 18 aprel, juma kuni Rimda Italiya boş vaziri Jorja Meloni bilan uçraşuv çoğida Vens şunday dedi: «Biz bu uruşni, bu juda şafqatsiz uruşni tugatişimiz mumkinligiga işonamiz». Biroq u aniq tafsilotlarni keltirmadi.
Avvalroq Parijda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Vaşington Ukrainada öt oçişni töxtatiş mumkinmi yoki yöqmi, tez orada bir qarorga kelişi kerakligini aytdi. «Biz şu yerda va hozir, bir neça kun içida bu (öt oçişni töxtatiş kelişuviga) qisqa muddatda erişiş mumkinmi yoki yöqligini aniqlaşimiz kerak, çunki bölmasa, mening öylaşimça, şunçaki oldinga qarab harakat qilamiz», — deya uning sözlarini keltiradi AFP.
«Agar şunday bölsa, biz iştirok etamiz. Agar yöq bölsa, unda... bizda e’tibor qaratişimiz kerak bölgan boşqa ustuvorliklar bor», — deya qöşimça qildi Rubio. «AQŞ sönggi uç yil davomida Ukrainaga yordam bermoqda va biz bu uruş tugaşini istaymiz, bu bizning uruşimiz emas», — deya qöşimça qildi AQŞ davlat kotibi.









