Özbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokistonda ötkazilgan VIII xalqaro «Jamoa ruhi» musobaqasida ğolib böldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada jami 14 ta davlat — Özbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni (4 ta jamoa), AQŞ, Marokaş, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Şri Lanka, Belarus, Qozoğiston va Qatardan 17 ta xalqaro jamoa va Pokistonning 14 ta jamoasi, umumiy 31 ta jamoa bellaşgan.

Şartlarga köra, jamoalar 90 km (60 soat içida)gaça bölgan marşrutning 7 ta nazorat nuqtasida azimut böyiça harakatlanib, unda taktik-maxsus, otiş, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirğin qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus maşqlarni, şuningdek, kutilmagan testlarni yeçiş maşqini bajargan.

Özbekiston razvedkaçilari qur’aga binoan birinçi nazorat nuqtasidan 17-bölib harakatlanişni boşlab, yakunda marraga birinçi bölib yetib kelgan (46 soat 44 daqiqa).

«Mamlakatimiz Mudofaa vazirligi terma jamoasi 34 daqiqa 15 soniyada 90 kg yaradorni töliq anjom-aslahalar bilan evakuatsiya qiliş (5 km masofaga yuguriş) vazifasini bajarib, musobaqa rekordini örnatdi», deyiladi xabarda.

Yakuniy natijalar quyidagiça:

·       1-örin — Özbekiston jamoasi (95 foiz natija);

·       2-örin — Xitoy jamoasi (74 foiz natija);

·       3-örin — Bahrayn jamoasi (65 foiz natija).