AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Rossiyaga Ukrainadagi hujumini töxtatiş böyiça yaşirin ultimatum qöyganidan söng, 18 aprel, juma kuni prezident Donald Tramp ham bayonot bilan çiqdi. Oq uyda jurnalistning savoliga javoban u «tez orada» tinçlik bitimini körişni xohlaşini aytdi, biroq aniq qaysi muddatni nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi. «Kunlarning aniq soni yöq, lekin tez», dedi prezident.
Şu bilan birga, Tramp har ikki tomon murosaga keliş istagi bölmasa, Qöşma Ştatlar vositaçilikni davom ettirişdan manfaatdor bölmasligini aniq aytdi. «Agar negadir tomonlardan biri jarayonni juda qiyinlaştirsa, biz şunçaki aytamiz: siz ahmoqsiz, siz dahşatli odamlarsiz — va biz hamma narsani şunçaki töxtatamiz. Lekin umid qilamanki, bunday bölmaydi», — dedi u.
Ukrainani qöllab-quvvatlaş töxtatilişi borasidagi savolga Tramp aniq javob bermadi. U hali ham muzokaralar yöli bilan yeçim topiş imkoniyatiga işonişini ta’kidladi. «Asosiysi — uruşga çek qöyiş», — deya ta’kidladi prezident va Rossiyadan ham, Ukrainadan ham muzokaralar uçun «iştiyoq» kutişini qöşimça qildi.
Tramp Rossiya u bilan ikki tomonlama öyin öynaşi mumkinligi haqidagi fikrni keskin rad etdi. «Heç kim meni manipulyatsiya qilmayapti, men şunçaki yordam berişga harakat qilaman», dedi u. AQŞ prezidenti, şuningdek, Rossiya rahbari jarayonni keçiktirmayotganiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, yöq, tez orada sizga xabar beraman», deb javob berdi u Putin muzokaralarni töxtatyaptimi, degan savolga javoban.









