Londonning The Financial Times (FT) gazetasi 18 aprel, juma kuni kemasozlik töğrisidagi ma’lumotlarga tayanib yozişiça, AQŞdan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz (STG) importi ön haftadan köproq vaqt oldin butunlay töxtatildi. Bu Xitoy va Qöşma Ştatlar örtasidagi savdo uruşi energetika sohasiga ham yoyilganini körsatadi, deya qayd etadi naşr.

6 fevral kuni Texasning Korpus-Kristisidan 69 ming tonna suyultirilgan gaz taşuvçi tanker janubiy Futszyan provinsiyasiga yetib kelganidan beri ikki davlat örtasida yangi yuk taşiş amalga oşirilmadi. Ikkinçi tanker Xitoy 10 fevralda AQŞ STGga 15 foizlik boj örnatişi oldidan yetib kelolmagaç, Bangladeşga yönaltirildi. Şundan beri boj 49 foizgaça ösdi, bu Amerika gazini yaqin kelajakda xitoylik xaridorlar uçun iqtisodiy jihatdan zararli qilib qöydi.

FT'ning ta’kidlaşiça, AQŞdan STG importining muzlatilişi AQŞ prezidenti Donald Trampning birinçi muddatidagi vaziyatni aks ettiradi, öşanda yetkazib beriş bir yildan köproq vaqt davomida töxtatilgan. Ammo hozirgi mojaro keng qamrovli oqibatlarga olib kelişi mumkin — bu Xitoyning Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorligini kuçaytirmoqda va AQŞ va Meksikada qurilayotgan köp milliard dollarlik STG terminallarini keng kölamli kengaytirişning maqsadga muvofiqligini şubha ostiga qöyadi.