Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev uruşni qöllab-quvvatlaganlikda ayblagan rossiyalik madaniyat va sport arboblariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Tegişli farmon 18 aprel, juma kuni Ukraina davlati rahbari devonining saytida e’lon qilindi.

Röyxatga, xususan, aktyor Yevgeniy Mironov, kinorejissyor Yegor Konçalovskiy, aktrisa Irina Apeksimova, ijroçi Nikita Jigurda, Shaman nomi bilan tanilgan qöşiqçi Yaroslav Dronov, sirk artisti Yuriy Kuklaçev, «Univer» yulduzi Vitaliy Gogunskiy, artist Oskar Kuçera, rejissyor Aleksandr Pankratov-Çernyy, balet yulduzi Sergey Polunin, "Lyube" guruhining solisti Nikolay Rastorguyev, bard Aleksandr Rozenbaum, rok-musiqaçi Igor (Garik) Sukaçev, Roman Çumakov (rep ijroçi Jigan) va Vaganova nomidagi rus balet akademiyasi rektori Nikolay Tsiskaridze kiritilgan.

Röyxatdagi sportçilar orasida qiliçbozlik ustasi Sofya Velikaya, çanğiçi Yelena Vyalbe, boksçilar Denis Lebedev va Ruslan Provodnikov, gimnastikaçi Nikita Nagorniy ham bor.

Bu şaxslarning Ukrainadagi aktivlari muzlatiladi va ularning mamlakatga kirişi taqiqlandi. Ular Ukraina davlat mukofotlaridan mahrum etiladi.