Poytaxtning Şayxontohur tumanida piçoq bilan odamlarga tahdid qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning liftda yoş bolaga qöl kötargani, köçada fuqarolarga piçoq bilan tahdid qilgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

IIBB ma’lumotlariga köra, 18 aprel kuni soat 19:40 larda Şayxontohur tumani Sebzor köçasida joylaşgan avtoturargohlardan birida örnatilgan «taşviş tugmasi» bosilgani haqida Toşkent şahar IIBB Qöriqlaş boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan aniqlanişiça, 1958 yilda tuğilgan X.S. mast holatda böla turib, avtoturargoh qorovuli va boşqa fuqarolarni oşxona piçoği bilan qörqitib, jamoat tartibini buzgan. Söng voqea joyidan qoçib, köp qavatli uylardan biriga kirib ketgan. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. uşlanib, IIBga olib borilgan.

X.S. tomonidan piçoq bilan heç kimga tan jarohati yetkazilmagan.

Holat yuzasidan X.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 185-2-moddalari (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan uşbu şaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.