17–18 aprel kunlari Xalq banki taşabbusi bilan “Lider ayollar” dasturi doirasida amaliy seminar-treninglar taşkil etildi. Tadbirda mahalliy va xalqaro mutaxassislar – Osiyo taraqqiyot bankining yetakçi mutaxassisi Endryu Makkartni, xalqaro murabbiy Miriam Malka hamda “BMT Ayollar” tuzilmasining Özbekiston böyiça menejeri Jyeren Gures Guven singari ekspertlar öz bilim va tajribalari bilan örtoqlaşdi.

Özbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oşiriş, rahbarlik salohiyatini röyobga çiqariş hamda ularning turli sohalarda, jumladan moliya sektoridagi iştirokiga keng imkoniyatlar yaratiş maqsadida körilayotgan çoralar bank tomonidan keng tarğib qilinmoqda.

Şu maqsadda, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida “Lider ayollar” dasturi yölga qöyilgan. Loyiha ayollarning kasbiy rivojlanişi, yetakçilik salohiyatini mustahkamlaş va strategik qarorlar qabul qiliş qobiliyatini rivojlantirişga qaratilgan.

Dastur doirasida bank tizimida faoliyat yuritayotgan 600 nafarga yaqin ayol xodimlar orasida saralangan 55 nafar faol va taşabbuskor iştirokçi moliya, menejment, şaxsiy rivojlaniş va yetakçilik sohalarida çuqurlaştirilgan treninglarga jalb qilindi.

Dastur yakunida bank tizimi uçun istiqbolli rahbar ayollar zaxirasi şakllantiriladi. Ular ayollar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan loyihalarda faol iştirok etişlari közda tutilgan. Bu esa bank tizimida barqaror va inklyuziv boşqaruv modelini şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki Endryu Makkartni sohada ayollarning iştiroki haqida gapirdi:

“Moliyaviy sohada ayollar iştiroki muhim. Banklar özlari ayollarga teng imkon yaratib, boşqalarga namuna bölişi kerak.

Tadqiqotlarga köra, gender tengligi milliy daromadni 29% ga oşiradi va 700 ming ayolni qaşşoqlikdan çiqarişi mumkin.

Halq banki bilan boşlayotgan taşabbusimiz ayol rahbarlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Eng katta tösiq – jamiyatdagi stereotiplar. Ayollar ham rahbar bölişi mumkin, buning uçun teng imkoniyat va muvozanat zarur”.

Reklama huquqi asosida