Pekindagi yarim marafonda insonsifat robotlar odamlar bilan yonma-yon yugurişdi. Ularning soni 21 ta edi. Ğolib çiqqan Tiangong Ultra nomli robot 21 kilometr masofani ikki soat-u qirq daqiqada bosib ötdi – bu esa odamlar orasida eng tez yugurgan poygaçidan ança sekinroq. Boşqa robotlarning natijasi bundan ham yomonroq böldi.

Garçi robotlar ilgari ham marafonlarda köriniş bergan bölsa-da, ular birinçi marta odamlar bilan bunday masofada musobaqalaşdi. Trassa kötarilişlar, burilişlar va notekis joylarni öz içiga olgandi. Ba’zi robotlar poygani tugatişga muvaffaq böldi, ba’zilari esa boşidanoq qiyinçiliklarga duç keldi. Robotlardan biri start çiziğida yiqilib, bir neça daqiqa yotdi, keyin örnidan turib, yana yugurdi. Yana biri bir neça metr yugurib borib, tösiqqa urilgan, natijada uning operatori ham yiqilib tuşgan.

Barça robotlar Xitoyda turli kompaniyalar tomonidan işlab çiqarilgan. Ular turli şakl va ölçamlarda edi: ba’zilari 120 santimetrdan past, boşqalari esa 180 santimetrgaça edi. Kompaniyalardan biri uning roboti deyarli haqiqiy ayolga öxşaşi va köz qisib, tabassum qilişni bilişi bilan maqtandi. Robotlarning bir neçtasi krossovkada, bittasi boks qölqopida, yana biri esa xitoy tilida «Ğalabaga mahkum» deb yozilgan qizil boğiç taqib olgandi.

Kompaniyalar öz robotlarini yugurişdan oldin bir neça hafta davomida sinovdan ötkazişdi va mexanik yuguruvçilar musobaqaga öz murabbiylari bilan birga kelişdi. Muhandislik va navigatsiya jamoalariga bölgan ehtiyojni hisobga olgan holda, tadbir avtopoygaga öxşardi.

Robotlarga ham odamlar kabi yölda töxtaşga ruxsat berildi. Odamlar dam olib, suv zaxiralarini töldirgandan keyingina robotlarning akkumulyatorlari özgartirildi, deya qayd etadi CNN.

Ğolib çiqqan Tiangong Ultra «çarçoq alomatlarini körsatmasdan» marra çiziğini kesib ötdi, deb yozadi naşr. Yakunda marafon iştirokçilari ğolib bölgan robot atrofiga yiğilib, suratga tuşişgan.

Tiangong Ultra – Pekindagi odamsimon robototexnika innovatsion markazini işlanmasi. U masofani 2 soat-u 40 daqiqada bosib ötdi (erkaklar orasidagi eng yaxşi natija 1 soat-u 2 daqiqa, ayollar örtasida esa 1 soat-u 11 daqiqa). Uşbu innovatsion markazning 43 foiz qismi davlatga tegişli bölib, qolgan uluşni texnologik gigant Xiaomi va Xitoyning humanoid robotlar işlab çiqariş böyiça yetakçisi, UBTech kompaniyasi teng bölib olgan.