Tasavvur qiling, 1987 yil. Angliya va Fransiya. 300 tonnalik ulkan parmalaş maşinalari ikki tomondan bir biriga qarab yer qaziy boşladi.

Dengiz tubida santimetrlar aniqligida uçraşiş uçun qit’aning ikki tomonidan parmalay boşlagan ikki ulkan monstr maşina salgina xato qilsa ham milliardlab dollarlarning La-Manş qa’riga soçilişiga sababçi bölar edi.

Ha, bosimga doş beriş uçun tunnel devorlari pölat va beton bilan mustahkamlab borilgan. Biroq 6 yillik asabiy mehnat, millionlab hisob-kitoblar, geologlar yer qatlamlarida detektivdek sinçkovlik bilan iş olib borişgan. Nihoyat maqsadga erişildi. Tunnellar dengiz ostida uçraşdi — Fransuz injyeneri devordagi tuynukdan qöl uzatgan ingliz hamkasbi bilan körişdi.

Bu şunçaki quriliş emas. Bu insoniyat okean ustidan ğolib çiqqani haqidagi triller. Bugun şu haqida hikoya qilamiz.

Qit’aga ulangan Britaniya oroli

Yevrotonnel deb ataluvçi La-Manş ostidagi tunnel — ikki yölli temiryöl tunneli bölib, uning uzunligi taxminan 51 kilometrni taşkil qiladi, şundan 39 kilometri La-Manş böğozi ostida joylaşgan. U Yevropa qit’asi bilan Britaniya orolini temiryöl aloqasi orqali boğlaydi. Uşbu tunnel tufayli Parijdan yölga çiqib, Londonga boriş uçun bor-yöği 2 soat 15 daqiqa kifoya qiladi; poyezdlarning tunnelda böliş vaqti esa 20 dan 35 daqiqagaça davom etadi.

Tunnel 1994 yil 6 may kuni tantanali ravişda oçilgan. Öşa yiliyoq Amerikaning Injyener-quruvçilar jamiyati Yevrotonnelni zamonaviy dunyodagi yetti möjizaning biri deb e’lon qildi.

2013 yilda Yevrotonnel dunyodagi eng uzun temiryöl tunnellari orasida uçinçi örinni egalladi — undan Yaponiyadagi 53,85 kmli Seykan tunneli va Şveytsariyadagi 57,1 kmli Gotard tunneli biroz uzunroq. Biroq Yevrotonnel suv ostidagi uzunligi böyiça rekord örnatdi — u Seykanni ortda qoldirdi, çunki Seykanning suv ostidagi qismi atigi 23,3 kilometrni taşkil qilgan. Şuningdek, Yevrotonnel eng uzun xalqaro tunnel sifatida ham tan olingan.