Özbekistonning Estoniyaga yangi tayinlangan elçisi (qarorgohi Riga şahrida joylaşgan) Timur Rahmonov 16 aprel kuni uşbu davlat prezidenti Alar Karisga işonç yorliqlarini topşirdi.

Rasmiy tadbirdan söng ötkazilgan muloqot çoğida Estoniya prezidenti Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar rivojlanib borayotganini yuksak baholadi va uşbu yönalişlarda hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdorligini bildirdi.

Şuningdek, Estoniya yetakçisi Özbekistonning mintaqadagi yetakçi davlatga aylanganini alohida ta’kidladi. Xususan, u Özbekiston yetakçisining mintaqa mamlakatlari örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, jumladan, köp yillar davomida mojarolarga sabab bölib kelgan çegara masalalarini ijobiy hal etişdagi katta hissasini alohida urğuladi.

Eslatib ötamiz, Timur Rahmonov 2024 yil 13 mart kuni Özbekiston elçisi sifatida Riga şahriga borgan edi. Uşbu lavozimga tayinlanişidan oldin u 2021-2024 yillarda mamlakatning Novosibirsk şahridagi boş konsuli bölib işlagan.

Timur Rahmonov 2024 yil 17 iyun kuni Özbekiston elçisi sifatida Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçsga, 2025 yil 11 fevral kuni Litva prezidenti Gitanas Nausedaga, 1 aprel kuni esa Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbga işonç yorliqlarini topşirgan edi.