Isroil harbiylari ötgan oyda Ğazoda favqulodda xizmatlarning  15 nafar xodimi ölimiga «operativ anglaşilmovçilik» va «buyruqlarga amal qilinmasligi» sabab bölganini ma’lum qildi.

Isroil mudofaa armiyasi tomonidan hodisa böyiça ötkazilgan suriştiruvda isroillik harbiylar tomonidan yöl qöyilgan qator xatolar aniqlangan.

Voqea iştirokçisi bölgan bölinma komandiri örinbosari «sud jarayonida notöliq va notöğri hisobot bergani uçun» işdan böşatilgan.

23 mart kuni Rafah şahri hududida Qizil yarim oy jamiyatining Falastin bölimi (PRCS) tez yordam maşinalari, BMT avtomobili va Ğazo fuqarolik mudofaasi öt öçiriş maşinasi Isroil harbiylari tomonidan  öqqa tutilişi oqibatida 14 nafar qutqaruvçi hamda BMTning bir xodimi halok bölgandi.

TSAHAL bayonotida aytilişiça, isroillik harbiylar duşman kuçlari tomondan xavf yuzaga keldi deb hisoblagani uçun öt oçgan.

Isroil harbiylariga köra, tergov işlari halok bölganlarning olti nafari Hamas a’zolari bölganini körsatgan. TSAHALdagilar sudsiz qatl haqidagi versiyani rad etgan.

Isroil mudofaa armiyasi qurbonlarning Hamas bilan aloqadorligiga heç qanday dalil keltirmagan, holbuki öldirilganlarning şaxsi haqida oçiq ma’lumotlar mavjud.

Hisobotda aytilişiça, hodisa «duşman nazoratidagi va xavfli harbiy harakatlar zonasi» hisoblanadigan hududda sodir bölgan va voqea joyidagi komandir maşinalar tez yaqinlaşgani tufayli bevosita va sezilarli tahdidni his qilgan.

Şuningdek, «tunda köriş yomonligi» tufayli komandir transport vositalari tez yordam maşinalari ekanini aniq bila olmagani aytilgan.

Isroil tomoni avvaliga kolonna qoronğida, çiroqlar öçirilgan va miltillovçi mayoqlarsiz «şubhali tarzda» yaqinlaşgani uçun öt oçilganini da’vo qilgandi. Isroil tomoniga köra, maşinalar harakati oldindan muvofiqlaştirilmagan yoki armiya bilan kelişilmagan.

Ammo keyinroq Isroil bu hisobot «xatolik» bölganini tan oldi, çunki bu vaqtga kelib öldirilgan şifokorlardan birining mobil telefonidan topilgan video maşinalarning çiroqlari yoqilgan holatda bölgani va miltillovçi mayoqlar örnatilganini foş etdi.

Kadrlarda erta tong mahali maşinalar yölga yaqinlaşgani va köp ötmay otişma boşlangani aks etgan.

Video beş daqiqadan köproq davom etadi, unda paramedik hayotining sönggi lahzalarini duo öqib ötkazgani eşitiladi, söngra maşinalarga yaqinlaşayotgan isroillik askarlarning ovozlari yangraydi.