Özbekiston va Xitoy hamkorligida issiqxonalar uçun haroratni mö’tadillaştiruvçi «aqlli» plyonka işlab çiqariş yölga qöyiladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Fanlar akademiyasi Materialşunoslik instituti olimlari tomonidan dunyoda ilk bor issiqxonalar uçun möljallangan plyonkalar tarkibiga qöşiluvçi, haroratni mö’tadillaştiriş vazifasini bajaradigan nano-kompozit zarraçalar sintez qilindi.
Bu nano-zarraçalar quyoş nurining ultrabinafşa nurlanişini yaqin infraqizil diapazonga aylantiradi. Şu bilan birga, bunday fotonlarning issiqlik energiyasi 17-22 darajaga teng böladi. Natijada taşqi harorat -3...-7 daraja sovuq bölgan holatda ham, issiqxona içidagi harorat qöşimça qizdirişsiz +5...+7 daraja iliq haroratgaça saqlanadi (odatiy plyonkalarda bu körsatkiç 0...-2 daraja böladi). Issiq kunlarda esa issiqxona içidagi harorat +5...+8 darajaga pasayadi.
Infraqizil diapazondagi fotonlar soni köpayişi tufayli fotosintez tezlaşadi va ösimliklar 1,5–2 baravar tez ösadi. Şu bilan birga energiya sarfi 60 foizdan ortiq kamayadi, hosildorlik 35–50 foizga ortadi, suğoriş uçun suv tejalişi 30 foizni taşkil etadi, agar gidrogellar qöllanilsa, bu körsatkiç 90 foizgaça yetadi. Plyonkaning mustahkamligi 3 barobar oşadi.

Sinovlar Toşkent, Jizzax, Farğona va Andijon viloyatlarida ötkazilgan. Hozirgi kunda Şanxay Qişloq xöjaligi akademiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining turli tuproq-iqlim şaroitida keng kölamli sinovlar olib borilmoqda.
Xitoyning Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan Özbekistonda Materialşunoslik instituti bazasida nano-kukunlarni qöşma tajriba-sanoat işlab çiqarişini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.
Tajriba-sanoat işlab çiqarişni rivojlantiriş rejasiga köra, 2025 yilda 1 tonna, 2026 yilda esa 10 tonna nano-zarraçalar işlab çiqariladi. Işlab çiqariş hajmini yiliga 2 000 tonnaga yetkaziş uçun nano-poroşoklar işlab çiqariş zavodi quriladi.
Mazkur loyihani amalga oşiriş böyiça Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlik töğrisida kelişuv imzolandi.









