Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi savollariga sodda va qulay javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi
Mobil platforma sun’iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga javob beradi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.
Bunda aholi tomonidan «qoniqarsiz» deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi.
Sun’iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.
Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida:
- davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi;
- 2025 yilning 1 iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;
- «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.
2025 yil yakunicha:
- xalqaro tender obektlari bo‘yicha subpudratchilar «Shaffof qurilish» tizimi orqali jalb qilinadi;
- qiymati 2 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar «Shaffof qurilish» tizimida o‘tkaziladi;
- xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
10:39 / 27.06.2026
Suv xo‘jaligidagi korrupsiya davlatga 70 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan
19:03 / 24.06.2026
O‘z ishlayotgan tashkilotdagi korrupsiya haqida xabar berganlar himoya qilinadi
18:43 / 24.06.2026